• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Jamiyatning iqtisodiy transformatsiyasida ta'lim sifatining o‘rni”

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida “Jamiyatning iqtisodiy transformatsiyasida ta'lim sifatining o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Prezidentning yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, 30 dan ortiq xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar, ta'lim sohasi yetakchilari hamda xalqaro tan olingan akkreditatsiya va reyting tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, mahalliy davlat va xususiy oliy ta'lim muassasalari rahbarlari, respublikamizdagi xorijiy elchixona hamda vakolatxonalar mas'ullari ishtirok etmoqda.

Konferensiyada NamMQI vakillari — «Menejment» kafedrasi mudiri A.Adashev hamda Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nabiev ham qatnashmoqda.

 

  • Share :