JISMONIY TARBIYA VA SPORT KAFEDRASI
Kafedra haqida
Kafedra 1985 yildan boshlab faoliyat ko’rsata boshlagan. “Jismoniy madaniyat” kafedrasi institutning barcha bakalavr yo’nalishlari talabalariga “Jismoniy tarbiya va sport” fanidan o’quv mashg’ulotlari olib boradi. Kafedra tasarrufida 6 ta 36x18 metrli sport zallar, yozgi voleybol, kichik futbol, basketbol, qo’l to’pi, tennis maydonlari majud bo’lib ular ko’rgazmali qurollar, jismoniy tarbiya jixozlari bilan zamon talablariga mos xolda jixozlangan.
Talabalarni jismoniy tarbiyalashning maqsadi shaxsning jismoniy madaniyatini shakllantirishdir, bu esa o‘z navbatida shaxsning ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyorligi, sog’lom turmush tarziga rioya etish, muntazam ravishda jismoniy barkamolikka erishishga intilishni ta’minlaydi.
Yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi o‘quv, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va sog’lomlashtiruvchi masalalarni yechimi ko‘zda tutilgan:
- jismoniy madaniyatni shaxs shakllantirishdagi rolini tushunish va uni kasbiy faoliyatga tayyorlash;
- jismoniy madaniyat va sog’lom turmush tarzining ilmiyamaliy asoslarini bilish;
- jismoniy madaniyatga qadriyatli munosabatlar, sog’lom turmush tarzi, jismoniy barkamolikka intilish, va o‘zo‘zini tarbiyalash, jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug’ullanish zaruratini shakllantirish;
- jismoniy tarbiya sohasidagi sog’liqni saqlash va mustahkamlash, ruhiy barkamollik, psixofizik qobiliyatlarni rivojlantirish va takomillashtirishdagi shaxsning sifat va hususiyatlarida tizimli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
- talabaning kelajakdagi kasbiga psixofizik tayyorgarligini belgilaydigan amaliyjismoniy tayyorgarligini ta’minlash;
- hayotiy va kasbiy maqsadlarga erishishda jismoniy madaniyat va sport mashg’ulotlaridan ijodiy foydalanish bo‘yicha tajriba to‘plash.
Maqulov Shuxrat Zokirovich
Qabul kuni: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.
Telefon: 90 740-11-12
E-mail: maqulovsh1969@gmail.com
Ma'lumotnoma: Yuklab olish
Kafedra tarkibi:
maqulovsh1969@gmail.com
Maqulov Shuhratjon Zokirovich, “Jismoniy tarbiya” kafedrasi katta o’qituvchisi: Ushbu kafedrada 1998 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetini jismoniy tarbiya ixtisosligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator o’quv qo’llanma, ilmiy - uslubiy ko’rsatmalar muallifi. Voleybol srort turi bo’yicha sport ustaligiga nomzod.
Satimov Azamjon
satimov8183@umail.uz
Institutda 2005 yildan Valeologiya fani bo’yicha faoliyat olib bormoqda. Andijon meditsina institutini tamomlagan. 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.
Ortiqov Umidjon Xudoyberdiyevich
umidjonortiqov06@gmail.com
Institutda 2005 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Dalat Universitetini jismoniy tarbiya fakultetini tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. Futbol sport turi bo’yicha sport ustaligiga nomzod.
Jo’rayev Erkinjon Voitjon o’g’li
erkin0785namqi@gmail.com
Institutda 2013 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Davlat Universiteti “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” fakulteti bakalavr hamda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Kurash sport turi bo’yicha sport ustaligiga nomzod.
Azizov Marufxon Axmatxonovich
maruf4131@umail.uz
Institutda 2014 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Davlat Universiteti “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” fakulteti bakalavr hamda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. Kurash sport turi bo’yicha sport ustaligiga nomzod.
Maxmudov Nurilla Normirza o’g’li.
nurillo1212@umail.uz
Institutda 2016 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Davlat Universiteti “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” fakulteti bakalavr hamda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Futbol sport turi bo’yicha sport ustaligiga nomzod..
Murodov Nozimjon Olimjonovich
nozim2717namqi@gmail.com
Institutda 2018 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Davlat Universiteti “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” fakulteti bakalavr hamda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Futbol sport turi bo’yicha sport ustaligiga nomzod.
Ismoilov Abror Tolibjonovich
nozim2717namqi@gmail.com
Institutda 2020 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Davlat Universiteti “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” fakulteti bakalavr hamda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Yunon rum kurashi sport turi bo’yicha sport ustaligiga nomzod.