• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Anvara aya Otaboeva xonadoni yo‘qlandi

11 noyabr O‘zbekistonda Kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan. Kasaba uyushmalari mamlakatimizdagi eng yirik jamoat tashkiloti bo‘lib, o‘z saflarida 5,5 milliondan ortiq a'zoni jamlagan. Ushbu sana munosabati bilan Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Muhammadjon Dadamirzaev Anvara aya Otaboeva xonadonini yo‘qladi. Fizika-matematika fanlari nomzodi, Fizika kafedrasi mudiri, dotsent Anvara Otaboeva uzoq yillar davomida institutda samarali mehnat qilgan. U kishi hozirda farzandlari va nevara-chevaralari qurshovida keksalik gashtini surmoqda. Ayaga institut jamoasining tabriklari va sovg‘a-salomlari yetkazildi. Samimiy muloqot davomida u kishining umri va salomatliklari yanada ziyoda bo‘lishiga tilak bildirildi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :