KIMYOVIY TEXNОLОGIYA
Kafedra haqida
Kafedra 1984 yilda "Umumiy kimyo" kafedrasi bazasida tashkil etilgan bo’lib, 1996 yildan "Ekоlоgiya va kimyo", 1998 yildan "Kimyoviy texnоlоgiya va biоtexnоlоgiya", 2002 yildan "Kimyoviy texnоlоgiya", 2012 yildan «Kasb ta`limi (Kimyoviy texnоlоgiya)» va 2017 yildan esa Kimyoviy texnоlоgiya nоmi bilan faоliyat ko’rsatib kelmоqda.
O’tgan davr mоbaynida texnika fanlari doktori, prоfessоr Q. G’afurоv (1984-1992); kimyo fanlari doktori, prоfessоr K.X.Razikоv (1992-1996); kimyo fanlari nomzodi, dоtsent S.Zоkirоv (2002-2004); texnika fanlari doktori, dоtsent I.Shamshidinоv (1998-2002, 2002-2008); qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dоtsent M.T.Abdullayev (2008-2018) va texnika fanlari doktori, Z.Dexkanovlar kafedra mudiri lavоzimida ishlab kelishgan. Xozirgi vaqtda t.f.b.f.d (PhD) Z.Mamadjanov kafedra mudiri vazifasida ishlab kelmоqda.
Kimyoviy texnоlоgiya kafedrasi:
60710100 - “Kimyoviy texnоlоgiya” (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) yonalishida bakalavr va 70710101 – “Kimyoviy texnоlоgiya” (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) yonalishida magistratura mutaxassislarini tayyorlaydi.
Kafedra professor-o'qituvchilari:
Kimyoviy texnоlоgiya kafedrasi tarkibida 13 nafar prоfessоr-o’qituvchilar asosiy shtatda va 10 nafar prоfessоr-o’qituvchilar o’rindoshlik asosida ishlab kelishmoqda. Kafedraning ilmiy salоhiyati 62% ni tashkil etadi.
Mamadjanov Zokir Nemetjanovich
Qabul kuni: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.
Telefon: 234-08-71
E-mail: Zokirjon.Mamadjanov.79@mail.ru
Ma'lumotnoma: Yuklab olish
Kafedra tarkibi:
Mamadjanov Zokir Nemetjanovich
E-mail: Zokirjon.Mamadjanov.79@mail.ru
2000 yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi. 2002 yilda shu institutning magistranti. 2002-2004 yillarda Namangan uy-qurilish xissadorlik jamiyati tashqi boshqaruvchi yordamchisi, 2004-2006 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti Ekologiya va mexnat muhofazasi kafedrasi assistenti. 2006-2008 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti aspiranti. 2008 2018 yillar davomida Namangan muhandislik-pedagogika instituti Ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasi assistenti, shu institutning Hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi assistenti, 2018 yilda xozirgi vaqtgacha Kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda. 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shuningdek, 2 ta darslik va 2 ta ixtiro muallifidir.
E-mail: T-Zokirjon@umail.uz
1969-1974yillarda Samarqand Davlat Universitetining talabasi, 1974-1979 yillarda Namangan to’qimachilik texnikumi o’qituvchisi, 1979-1982 yillarda Toshkent politexnika institutining Namangan filiali assistenti, 1982-1985 yillarda O’zRFAning ximiya instituti aspiranti, 1985-1988yillardaO’zRFAning ximiya instituti katta muhandisi, kichik ilmiy xodimi, 1988-1993yillarda Toshkent politexnika institutining Namangan filiali (1991 yildan Namangan sanoat-texnologiya instituti) assistenti, 1993-1995 yillarda, Namangan sanoat-texnologiya instituti dotsenti vazifasini bajaruvchi, 1995-2007yillarda Namangan shahar 8-qurilish boshqarmasi boshlig’i muovini, 2007 yildan hozirgi vaqtgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti, Kimyoviy texnologiya kafedrasi dotsenti vazifasida ishlab kelmoqda.150 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shuningdek, 2 ta o’quv qo’llanma, 2 ta darslik, 1 ta monografiya va 2 ta ixtiro muallifidir.1987 yilda nomzodlik va 2021 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Shamshidinov Israiljon Turgunovich
E-mail: Israiljon2010@mail.ru
1978-1983 yillarda Toshkent davlat universiteti kimyo fakultetida tahsil olgan. 1983-1986 yillarda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi 1-o‘rta maktabda kimyo fani o‘qituvchsi lavozimida ishlagan. 1986 yildan Toshkent politexnika institutining Namangan filialida (1991 yildan Namangan sanoat-texnologiya instituti, 1998 yildan Namangan muhandislik-pedagogika instituti, 2017 yildan Namangan muhandislik-qurilish instituti) kichik ilmiy xodim, ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan va 2018 yildan boshlab «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. 1994 yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 2017 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining qaroriga muvofiq, 1998 yilda dotsent va 2019 yilda professor ilmiy unvonlarini olgan. U 280 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan 210 dan ortiq ilmiy maqolalar va 55 dan ortiq uslubiy ishlar chop ettirgan hamda 15 ta ixtiro uchun patentlar olgan. U oliy ta’limining bakalavriat va magistratura bosqichlari hamda o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi talabalari uchun chop etilgan 5 ta darslik hamda 3 ta o‘quv qo‘llanma muallifidir. O‘zbekiston Respublikasi «Iste’dod» jamg‘armasining «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv qo‘llanmasi muallifi» tanlovlarida «Mineral o‘g‘it ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari» darsligi uchun I-darajali diplom, «Mineral o‘g‘itlar va tuzlar texnologiyasi» darsligi uchun II-darajali diplom, «Murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari» darsligi uchun III-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2011 yilda «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» hamda 2017 yilda «O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishonlari hamda 2020 yilda «Sog‘lom turmush» medali bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining «Best IP-2019», «Best IP-2021» va «Best IP-2022» – eng yaxshi intellektual mulk ob’ektlari uchun tanlovlarining «Eng yaxshi ixtiro» nominatsiyasi bo‘yicha uch marotaba I-darajali diplomlar bilan taqdirlangan. Uning bevosita ilmiy rahbarligida 1 nafar fan doktori (DSc) doktori va 4 nafar falsafa doktori (PhD) yetishib chiqqan. Respublikamizdagi (NamMTI va UrDU) ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashlar a’zosi hisoblanadi.
Abdullayev Murodjon Tursunovich
E-mail: murodabdullayev1960@ mail.ru
1980-1981 yillarda Paxta sellyulozasi va kimyosi ilmiy tadqiqot instituti laboranti, 1981-1983 yillar - Xarbiy xizmatda, 1984-1986 yillarda O’simlik moddalari kimyosi instituti laboranti bo’lib ishlagan. 1987-1992 yillra davomida To’raqo’rg’on tumani agrokimyo laboratoriyasi katta laborant, To’raqo’rg’on tumani qishloq xo’jaligini kimyolashtirish birlashmasi aerodrom boshlig’i, tuman qishloq xo’jaligini kimyolashtirish birlashmasi kuzatuv punkti mudiri. 1992-2021 yillar davomida Namangan sanoat-texnologiya instituti umumiy kimyo kafedrasi ilmiy xodimi, katta laborant, Ekologiya va kimyo kafedrasi assistenti, Kimyo kafedrasi katta o’qituvchisi, kafedrasi dotsenti, Ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasi mudiri, Kimyo kafedrasi mudiri, va kafedra dotsenti lavozimlarida ishlashgan. 2021 y. - h.v. - Namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy texnologiyalari kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. Uning bevosita ilmiy rahbarligida 1 nafar falsafa doktori (PhD) yetishib chiqqan. 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shuningdek, 4 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanma, 1 ta monografiya va 3 ta ixtiro muallifidir.
Soddiqov Fatxiddin Burxonidinovich
E-mail: soddikov@bk.ru
2006-2010 yillarda Namangan Davlat Universiteti talabasi. 2011-2013 yillar Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistranti. 2013-2016 yillarda “Ilm-fan texnologiyalar” ilmiy ishlab chiqarish korxonasi kichik ilmiy-hodim izlanuvchisi. 2017-2018 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya institutida tayanch doktoranti. 2018 yil «Tyubegatan past navli silviniti va galitli chiqindisini kalsinatsiyalangan va oziq-ovqat sodasiga kompleks qayta ishlash texnologiyasini yaratish” mavzusidagi 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo’yicha (texnika fanlari) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvoffaqiyatli himoya qildi. 15.02.2019 yildan 07.05.2019 yilgacha Namangan muhandislik-qurilish institutida iqtidorli talabalarning ilmiy- tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i. 08.05.2019 yildan 30.11.2020 yilgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi. 01.12.2020 yildan 30.04.2021 yilgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi. 01.05.2021 yildan hozirgi vaqtgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti Kimyoviy texnologiya kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlab kelmoqda. 40 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shuningdek, 2 ta ixtiro muallifidir.
Umarov Faxriddin SHarobiddinovich
1997 – 2001 yillarda Namangan sanoat-texnologiya instituti talabasi. 2001 – 2003 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti magistranti. 2003 – 2006 yillarda Mingbuloq tuman 146 –sonli Xo’jaliklararo mexanizatsiyalashgan ko’chma korxona ish yurituvchisi. 2006 – 2008 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti metodisti va assistenti. 2008 – 2012 yillarda O’zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti kichik ilmiy xodimi, institut aspiranti va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi. 2013 – 2018 yillarda Namangan muxandislik-qurilish instituti qoshidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi metodisti. 2018-2019 yillarda MCHJ “SILVER TUL’” ish yurituvchi. 2020 – 20121 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti kichik ilmiy xodimi. 2021 yil «Noorganik gilli-slanetslar va va sanoat chiqindilaridan foydalanib klinker tarkibini ishlab chiqish” mavzusidagi 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo’yicha (texnika fanlari) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvoffaqiyatli himoya qildi. 07.09.2021 yildan hozirgi vaqtgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti Kimyoviy texnologiya kafedrasi katta o’situvchisi lavozimlarida ishlab kelmoqda. 20 ga uqin ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir.
Hayitov Bahodirjon Abdulboriyevich
E-mail: bahodirhayitov2266@gmail.com
2006-2010 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi, 2010 2012 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti kimyoviy texnologiya kafedrasi laboranti, 2012-2014 yillarda Namangan muhandislik-texnologiya instituti magistranti, 2014-2017 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika (2017 yildan namangan muhandislik-qurilish) instituti kimyoviy texnologiya kafedrasi assistenti, 2017-2020 yillarda Namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi, 2020 yildan hozirgi vaqtgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy texnologiya kafedrasi katta o’qituvchisi. 2021 yil “Biofabrikalarda mum kuyasi qurtini oziqlantirish va undan brakon ko’paytirishda elektrokimyoviy faollashtirilgan suvdan foydalanish” mavzusidagi 06.01.09 – O’simliklarni himoya qilish ixtisosligi bo’yicha (qishloq xojaligi fanlari) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvoffaqiyatli himoya qildi. 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shuningdek, 3 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanma, 1 ta monografiya va 3 ta ixtiro muallifidir.
E-mail: guli5067@mail.ru
2010 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutining 5140900-Kasb ta’limi (Kimyoviy texnologiya) bakalavriat yo‘nalishini imtiyozli, 2012 yilda Toshkent kimyo-texnologiya instituti 5A320404-Mineral o‘g‘itlar kimyoviy texnologiyasi magistratura mutaxassisligini tugatgan. U 2014 yildan 2018 yilgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti «Kimyoviy texnologiya» kafedrasida laborant, katta laborant va o‘qituvchi lavozimlarida ishlagan, 2019 yildan 2021 yilgacha «Kimyoviy texnologiya» kafedrasida 02.00.13-Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturada tahsil olgan. Uning tomonidan yaratilgan va ishlab chiqarishga tatbiq etilgan ixtirolarga olingan patentlar asosida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga erishgan. 2022 yildan «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. G.Q.Qodirova 70 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan 50 ta ilmiy maqolalar chop ettirgan, 3 ta ixtiro uchun patent olgan va oliy ta’limning bakalavriat bosqichi talabalari uchun chop etilgan 1 ta darslik muallifi hisoblanadi. U «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» III-Respublika tanlovida «Eng yaxshi ixtiro» nominatsiyasi bo‘yicha I-darajali diplom bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining eng yaxshi intellektual mulk ob’yekti «Best IP-2022» tanlovining «Eng yaxshi ixtiro» nominatsiyasi bo‘yicha I-darajali diplom bilan taqdirlangan.
Bakiyeva Hayotxon Abduganiyevna
E-mail: Hayotxonim29@mail.ru
1983 yilda Toshkent Davlat Universiteti (O’zMU) talabasi. 1988 yilda Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani 24-o’rta maktab o’qituvchisi, 1990 yilda Uchqo’rg’on tumani komsomol komiteti o’quvchi yoshlar gurup komsorgi, 1991 yilda 3-o’rta maktab o’qituvchisi, 2001 yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi o’quv ustasi, 2003 yildan 2019 yilgacha shu kafedra assistenti, 2019 yilda “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 80 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir.
Sarimsaqova Nilufar Sobirjonovna
E-mail: nilufar73@umail.uz
1989 yilda Samarqand Davlat Universiteti talabasi. 1994 yilda Namangan viloyati Chortoq shaxridagi 9-o`rta maktab o’qituvchisi, 2000 yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi o’quv ustasi, 2001 yilda NamMPI “Еkologiya va mehnat muhofazasi” kafedrasi assistenti, 2002-2021 yillarda “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi assistenti. 2022 yildan Namangan muhandislik-qurilish instituti tayanch doktoranti. 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir.
YuldashevaMadinaAbdugapparovna
E-mail: yuldasheva madina13@gmail.com
2004 yilda Namangan Davlat Universiteti talabasi. 2008 yilda shu universitetning magistranti. 2010 yilda Toshkent pedagogika kolleji o`qituvchisi. 2014 yildan xozirgi vaqtgacha Kimyoviy texnologiya kafedrasi o`qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir.
Tursunov Lutfillo Abduholiqovich
E-mail: tlutfillo@bk.ru
2009-2013 yillarda Namangan Davlat Universiteti talabasi. 2013-2015 yillar Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistranti. 2016-2016 yillarda Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani HTB ga qarashli 19-sonli o’rta maktab kimyo fani o’qituvchisi. 2017-2019 yillarda MEXMASH MCHJ kimyoviy tahlil laboranti.2019-2020 Namangan Muhandislik qurilish inistituti akademik litseyi kimyo fani oqituvchisi.01.10.2021 yildan hozirgi vaqtgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti Kimyoviy texnologiya kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar,muallifidir.
Abdunazarov Faxriddin Abdurashitovich
E-mail: faxriddin.abdunazarov@bk.ru
2014-2018 yillarga Namangan Muxandislik Texnologiya Instituti talabasi.2018-2019 yillarda Mingbuloq tuman Jomashuy meliorasiya va qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji o’qituvchisi.2020-2021 yillar Belorus Davlat Texnologiya Universiteti magistranti.09.06.2021 yildan Namangan Muxandislik Qurilish Institutida stajyor o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Xalqaro va milliy darajadagi 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir.DGU 15747 Kimyo va oziq-ovqat sanoatining asosiy texnologik jarayonlarini avtomatlashtirishning matematik modellari patenti muallifi.,,Art Soft Tex” Cluster Holding kompaniyasi Mingbuloq tumani Ilmiy Markazi ,,Organik paxta” etishtirish bo’yicha katta mutaxasis va maslaxatchi. 01.01 2022 yildan Namangan Muxandislik Texnologiya Instituti doktaranti.
Rustamov Ilyosbek Tuxtanazarovich
E-mail: ilyosbekrustamov66@gmail.com
2009-2013 yillarda Namangan Davlat Universiteti Kimyo yo’nalishi talabasi. 2013-2014-yillarda Namangan tuman Toshbuloq sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida Kimyo fani o’qituvchisi. 2014-yilda Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahri Amir Temur ko’chasi 02855-sonli harbiy qismda muddatli harbiy qism oddiy askari. 2014-2017-yillarda Namangan tuman hizmat ko’rsatish va servis kasb-hunar kollejida kimyo fani o’qituvchisi va Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti yetakchisi. 2017-2018-yillarda Namangan tumani Toshbuloq sanoat va hizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida Kimyo fani o’qituvchisi. 2018-2019-yillarda O’zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat havfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi markazning DUK Namangan viloyati hududiy filiali ‘’Uchqo’rg’on yog’-moy’’ korxonasidagi chigit sinov laboratoriyasining ishlab chiqarish laboranti. 2019-yilda Farg’ona viloyati Bog’dod tumanida joylashgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat zahiralarini boshqarish qo’mitasi ‘’Madad’’ davlat korxonasi laboranti. 2019-2021-yillarda Namangan Muhandislik-Qurilish instituti magistratura talabasi. 2019-yilda Kosonsoy tumanidagi 8-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida Kimyo fani o’qituvchisi. 2019-2021-yillarda Namangan shahridagi 2-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida Kimyo fani o’qituvchisi. 2019 y-X/V.Namangan shahrida joylashgan ‘’Namangan Pharm Plant’’ MChJ dori-darmon ishlab chiqarish korxonasida Sifat ta’minoti bo’limi boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqdaman. 2021-yil 6-sentabrdan Sanoatni axborotlashtirish fakulteti Kimyoviy texnologiya kafedrasida stajyor o’qituvchi lavozimida ishlabkelmoqdaman.Magistratura o’qish mobaynida 3 ta maqolam chop etildi.
Shermatov Akramjon Habibjon o’g’li
E-mail: akramjon45678@mail.ru
2014-2018-yillarda Mirzo ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti kimyo fakulteti talabasi. 2018-2020-yillarda Mirzo ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti kimyo fakulteti kimyo yo’nalishi magistranti. 2018-2020-yillarda Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanidagi 15-o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi. 2020-yil 15-sentabrdan 1- dekabrgacha Toshkent Farmasevtika institutida assistant lavozimida ishlagan. 2020-yil 1-dekabr oyidan 2022-yil 5-yanvargacha Namangan viloyati Chust tumaniddagi 71-o’rta ta’lim maktabida kimyo fani o’qituvchisi. 2022-yil 6-yanvar kunidan hozirgi kungacha Namangan muhandislik-qurilish instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasida stajyor-o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
G’oyipov Azizbek Raxmatilla o’g’li
E-mail: gayipovuz@gmail.com
2015-2019-yillarda Namangan muhandislik-texnologiya institutiti, “Kimyo-texnologiya” fakulteti talabasi. 2019-2021-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy-texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi magistranti. 2022-yil 6-yanvar kunidan hozirgi kunga qadar, Namangan muhandislik-qurilish institutida stajyor-o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.