• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

"Kitobxon talaba" tanlovi

Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlarni "Kitobxon talaba" tanloviga chorlaymiz!

25.09.2023, dushanba kuni soat 14:00 da institutning 1-sonli Talabalar turar joyida  kitob olamining shaydosi boʻlgan talaba-yoshlarni "Kitobxon talaba" tanlovida kutib qolamiz.

Tanlov 2 ta shartdan iborat:

1-shart: "Eng bilimdon kitobxon" ( bunda ishtirokchilar test sinovlarini yechishlari lozim);

2-shart: "Men yoqtirgan asar" mavzusida o‘zingiz sevib o‘qigan asar bo‘yicha qisqacha ma‘lumotlar - annotatsiya.

Izoh: Tanlovda ishtirok etish uchun o‘zbek adabiyotining namoyondalari:

  • Abdulla Qodiriy;
  • Abdulhamid Cho‘lpon;
  • G‘afur G‘ulom;
  • O‘tkir Hoshimov;
  • Abdulla Oripovlar ijodini bir varaqlab chiqsangiz bas!

Tanlov gʻoliblari mos ravishda:
1-oʻrin uchun 500 ming soʻm;
2-oʻrin uchun 400 ming soʻm;
3-oʻrin uchun 300 ming soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!

Koʻrishguncha, aziz kitobxonlar!!!

  • Share :