• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Kollej va texnikumlar mandati e’lon qilindi

Ma’lumki, Davlat test markazi tomonidan 2022-yil 3-7-oktabr kunlari 2022/2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

Bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.dtm.uz saytida e’lon qilib borildi.

Bugun, 15-oktabr kuni esa mazkur test sinovining yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar tanlov natijalarini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

 Shuningdek, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

 Bunda apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma beriladi.

Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Apellatsiya shikoyati ikki ish kunida apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

  • Share :