• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Konferensiyada hamkorlik shartnomalari imzolandi

Qurilish fakultetida bo‘lib o‘tgan “Fan va innovasiya-2023: rivojlanish va ustuvor yo‘nalishlar” mavzusidagi   respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida hamkorlik shartnomalariga  ham qo‘l urildi. 

Jumladan, Namangan muhandislik-qurilish instituti va “Arxdizaynloyiha” mas'uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Mazkur hujjat institut talabalarining amaliyoti, tayyorlanayotgan loyihalarda professor-o‘qituvchilar ishtiroki kabi ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab olgan. 

Shartnoma institut rektori va “Arxdizaynloyiha” MChJ loyihalar bosh muhandisi Xosiyat Azizova tomonidan imzolandi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :