• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Koreyalik professor bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti koordinatori Asadbek Bekchonov hamda fakultet dekan oʻrinbosari Sherzodbek Mahmudov tashabbusi bilan institutda faoliyat koʻrsatayotgan koreyalik professor Ox Yumrak va talaba-yoshlarning ochiq muloqoti tashkil etildi.

Talabalar oliy taʼlimning magistratura va qolgan bosqichlarini Koreya davlatidagi TOP 500 talikdan oʻrin egallagan oliygohlarda davom ettirish, mutaxassisliklari boʻyicha ishga joylashish toʻgʻrisida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga xorijlik masʼullardan javob olishdi.

Suhbat koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Yakunda mehmonlarga institutimiz tomonidan milliy doʻppilar va milliyligimiz aks ettirilgan tovoqlar sovgʻa sifatida taqdim etildi.

  • Share :