• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

NamMQI talabalar turar-joyida institut Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Muhandislik kommunikasiyalari, Mashinasozlik, Sanoatni axborotlashtirish hamda Energetika va mehnat muhofazasi fakultetlari professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta'minlash bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatini instiut yoshlar ishlari va ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo‘yicha prorektori Odiljon Jakbarov boshlab berdi.

Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Payzievning oliy o‘quv yurtida tamagirlik va korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan ma'ruzasi tinglandi.

Davra suhbati yakunida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning ota-onalar, talabalar hamda professor-o‘qituvchilarga yo‘llagan murojaati hamda sohada yo‘l qo‘yilayotgan korrupsion holatlar to‘g‘risidagi videorolik namoyish etildi,

NamMQI media markazi

  • Share :