• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

"Made in Namangan” xalqaro koʻrgazmasida institut oʻz stendi bilan ishtirok etmoqda

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida “Namangan - Xitoy”  biznes forumi doirasida “Made in Namangan” milliy mahsulotlar xalqaro koʻrgazmasi boshlandi.

Ushbu koʻrgazmada barcha viloyatning barcha shahar-tumanlari va viloyatning yetakchi korxona-tashkilot hamda tadbirkorlari oʻz stendlari hamda mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Jumladan, Namangan muhandislik-qurilish instituti ham ushbu koʻrgazmada loyiha va ishlanmalari oʻrin olgan stend bilan qatnashmoqda.

Institut rektori Sharifjon Ergashev “Made in Namangan” koʻrgazmasida boʻlib, tadbirning ochilish marosimida ishtirok etdi va jarayonlar bilan tanishdi.

NamMQI media markazi

  • Share :