• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

MASHINASOZLIK FAKULTETI

Fakultet haqida    

Fakultet Namangan muhandislik-qurilish institutining 2018 yil 28 dekabrdagi 211-u sonli “Institut Fakultetlar va kafedralar tuzilmasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida” gi buyrug‘iga asosan tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda Fakultetda 3ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 3 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda:    

1. 60720800-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish;

2. 60720700-Texnologik mashinalar va jixozlar (mashinasozlik va metallarga ishlov berish);

3. 60711300-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish.

Magistratura mutaxassisliklari    

1. 70720801-Mashinasozlik texnologiyasi va jixozlari (mashinasozlikda).
2. 70711302-Metrologiya standartlashtirish va sifatni boshqarish (Tarmoqlar bo‘yicha)
3. 70721401- Texnologik mashina va jixozlarga texnik xizmat ko‘rsatish (Tarmoqlar bo‘yicha)

Fakultet tasarrufida 4 ta kafedra mavjud bo‘lib, ular:    

1. Mashinasozlik texnologiyasi;
2. Texnologik mashinalar va jixozlar;
3. Metrologiya, standartlashtirish;
4. Oliy Matematika.

Fakultetning professor-o‘qituvchilari o‘quv yili davomida 7 ta monografiya, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta darslik, 5 ta patent 135 ta ilmiy maqolalar chop ettirildi. Jumladan 61 ta xorijiy ilmiy jurnallarda va 74 ta respublika ilmiy jurnallari hamda 48 ta ilmiy amaliy konferentsiyalarda ma’ruza tezislari nashr ettirildi. 2 ta amaliy 1 ta инновацион лойиха ва 1 ta тижоратлаштириш лойихаси amalga oshirildi. Xozirgi kunda 3 ta инновацион loyiha ustida ish olib borilmoqda.    

Ikkita ixtisoslik bo‘yisha tayanch doktorantura va stajer-tadqiqotchilar faoliyat olib bormoqda:    

-  Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari
-  Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish.

Fakultetda hozirgi davrda 63 nafar (5 nafar fan doktori, 24 nafar fan nomzodi dotsent, 15 nafar katta o‘qituvchi va 7 nafar o’qituvchi hamda 13 nafar stajyor-o’qituvchi) professor-o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Fakultetda jami 530 nafar talaba, jumladan 151 nafari davlat granti asosida 360 nafari to‘lov shartnoma asosida tahsil olmoqda.    

 

Dekan

Rustamov Raxmatali Muradovich

haftaning har dushanba va shanba kunlari: 9.00-11.00

Telefon:  (69) 234 17 98, (93) 938-49-07

E-mail:  rustamov61@umail.uz

Ma'lumotnoma:  Yuklab olish


Madraximov Alloberdi Maxamadaliyevich

Qabul vaqti:  haftaning payshanba kuni: 14:00-17:00

Telefon:  +998939448620

E-mail:  alloberdimadraximov@gmail.com


Mamadaliyev Anazhon Ziyodillayevich

Qabul vaqti:  haftaning payshanba kuni: 14:00-17:00

Telefon:  +99894-155-77-85

E-mail:  anaskhon@umail.uz

  • Share :