MENEJMENT KAFEDRESI
MENEJMENT KAFEDRASI
![]() | Adashev Azimjon O‘rinboyevich Har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00. Telefon: 97 2519291 E-mail: azimray @mail.ru
|
“Menejment” kafedrasi 1991 yil tashkil etilgan. Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 41 yosh. Kafedrada tuzilgan ishchi rejaga binoan har oyning 2 chi chorshanbasida kafedra yig’ilishi o‘tkazib kelinmoqda.
“Menejment” ta’lim yo‘nalishida tahsil oladigan bakalavrlarga ta’lim beruvchi professor-o‘qituvchilar soni: asosiy shtat birligi 15 ta, asosiy shtatda 9 nafar, salohiyati quyidagi rasmdada keltirilgan. Bulardan: 2 nafari iqtisod fan nomzodi, dotsent, 2 nafari iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD), 5 nafar katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar faoliyat yuritishadi(ilmiy salohiyat 40 foiz).
Professor-o‘qituvchilarning bazaviy ma’lumoti kafedra tassarufidagi 5231900-Korporativ boshqaruv va 5230200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) va 5232900 –Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishilari tayyorlashga mos keladi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari asosiy shtatda:
Adashev Azimjon O‘rinboevich– iqtisodiyot fanlari bo‘yicha
falsafa fanlari doktori (PhD)
Ismatov Raxmatilla Oltinovich-iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Shermatov G’ofurjon G’ulamovich-iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
SHakirova Gulbaxor SHaripdjanovna– katta o‘qituvchi
Qorabaev SHuxratjon Axmadjonovich– katta o‘qituvchi
Alabaev Sobitxon Ibragimovich– katta o‘qituvchi
Umarova Gulchexra SHavkatovna– katta o‘qituvchi
Ergashev Axmadjon Maxmudjon o‘g’li- katta o‘qituvchi
SHermatov Eldorjon Quzievich- o`qituvchi
O‘rindoshlik asosida:
Ergashev Toshturg’un Ergashevich -iqtisod fallari doktori, professor
Adilova Guzal Omirovna - iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Mullabaev Baxtiyarjon Bulturbaevich-iqtisodiyot fanlari bo‘yicha
falsafa fanlari doktori (PhD)
Kafedra o‘qituvchilari talabalarga Iqtisodiyot, Biznesda qaror qabul qilish, Tashkiliy hulq, Marketing, Mikroiqtisodiyot,Mikroiqtisodiyot, Raqamli iqtisodiyot, Korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyoti, Korporativ strategiyalar, Kompaniyani tashkil etilishi va tadbirkorlik, Xalqaro menejment, Inson resurslarini boshqarish, Starategik boshqaruv, Moliyaviy menejment, Biznes rejalashtirish, Soha iqtisodiyoti va menejmenti, Korxonani boshqarish, Biznes xujjatlarini yuritish, Ijtimoiy menejment, Birja va yarmarka faoliyatini boshqarish fanlaridan bilim berib kelmoqda.
“Menejment” ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan va hozirgi vaqtda davlat boshqaruv organlarida va milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida nufuzli lavozimlarda xizmat qilayotgan bitiruvchilar to‘g’risida ma’lumot:
Abdurazakov SHavkat SHokirdjanovich-Namangan viloyati Hokimi
Bozarov Xayrullo Hayitbaevich -Farg’ona viloyati Hokimi
Djamalov G’ofir Oribjanovich - Namangan shahar Hokimi
Abdullaev Jobir SHaribjonovich-Yangi Namangan tumani Hokimi
Xudoyberdiev Nurshod Nurmamatovich- Mingbuloq tumani Hokimi
Rizzaev Jaxongir Nosirjanovich-Uchqo‘rg’on tumani Hokimi
Najmiddinov Asadulla Ikramovich-Yangiqo‘rg’on tumani Hoqimi
Mamajonov Ravshan-"Koka-kola ichimligi Uzbekistan ltd." sp - g. Namangan filiali direktori
Nuritdinov Botirjon Qodirxonovich- Namangan viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Ikramov Zafar SHavkatovich-Namangan viloyati xokimligi Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari kotibiyati mudiri
Dadaboev Akmal Olimjonovich- Namangan viloyati kichik sanoat zonalari direktsiyasi boshlig’i
Parpiev Sardor Rustamovich-Namangan viloyati Erkin iktisodiy zonalar direktsiyasi boshlig’i
Saloxitdinov Faxriddin-Namangan viloyati davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig’i
Sattorov Ilxomjon-Namangan viloyati hududiy innovatsion rivojlanishboshqarmasiboshlig’i
Jo‘raev Yodgor Avazbekovich-O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi Boshqarma boshlig’i
Inamov Fazliddin Abduolimovich-O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligining Xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, reytingini yuritish va dasturlarini shakillantirish boshqarmasi boshlig’i
Maxmudov Akmal-“Namangandonmahsulotlari” AJ
Mamajanov Jaxongir Axmadjonovich O‘zbekiston Respublikasi savdo sanoat palatasi raisi o‘rinbosari
Orifboev Abdullaxon Asadillo o‘g’li-O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Xalqaro munosabatlar boshqarmasi boshlig’i
Otajonov Nodir Sobirovi-«O‘zagrolizing» AJ boshqaruv kengashi raisi
Mamadaliev Odiljon Toirovich-O‘zbekiston Respublikasi Statistika qumitasi “Xalqaro xamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi” boshlig’i
“Menejment” kafedrasi quyidagi bakalavriat va magistratura (kunduzgi, sirtqi, ikkinchi ta`lim sirtqi) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislik kafedrasi hisoblanadi:
Bakalavriat:
“Menejment” kafedrasida 1-kursda 60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) va 60411600-Korporativ boshqaruv yo‘nalishi mavjud. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha davlat standarti O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 311-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va amalga kiritilgan. Yo‘nalishning malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021-yil 17-avgustdagi 3-sonli yig’ilishida ma’qullangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan.
“Menejment” kafedrasida 2-kursda 5230200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) va 5231900-Korporativ boshqaruv ta’lim yo‘nalishlari mavjud. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha davlat standarti O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va amalga kiritilgan. Yo‘nalishlarning malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2020-yil 14-avgustdagi 3-sonli yig’ilishida ma’qullangan.
“Menejment” kafedrasida 4-kursda 5232900 – “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)ta’lim yo‘nalishi mavjud. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha davlat standarti O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va amalga kiritilgan. Yo‘nalishning malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2018-yil 18-avgustdagi 4-sonli yig’ilishida ma’qullangan.
Magistratura:
70411201 – Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
70411601-Korporativ boshqaruv
Hozirgi kunda menejment kafedrasi fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi va ishlab chiqarish korxonalari ilmiy – texnologik muammolari bo‘yicha quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda: Namangan viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi, Farangiz MCHJ, Tohirjon Yevro Qurilish Savdo MCHJ, "Istiklol dizayn kurilish savdo" MCHJ, Namangan Yevro qurilish dizayn MCHJ, Aisha home textil MCHJ, O‘zbekiston Respublikasi Savdo Sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi, CHortoq Temir beton MCHJ, “SAAS TEKS INVEST” MCHJ, O‘zenergotransformator MCHJ va boshqa korxonalar.
Yuqorida nomlari qayd etilgan korxona va tashkilotlar bilan soxaga oid muammoalarni birgalikda hal qilish va iqtisodiyotga oid dolzarb masalalarni yechimlarini izlab topish maqsadida hamkorlikda ishlash bo‘yicha shartnomalar tuzilgan bo‘lib, har chorakda bu boradagi ishlar tahlil qilib borilmoqda.
Kafedrani ilmiy sohada erishgan natijalari:
Menejment kafedrasi tadqiqotchilari professor Ergashev Toshturg’un Ergashevich rahbarligida “Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni boshqarishni takomillashtirish” mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ushbu tadqiqot ishlarining natijasida kafedra professor o‘qituvchilaridan R.Ismatov, O.Aripov, G’.SHermatov, T.Dadaboev, I.Soliev, B.Mullaboev, A.Adahsev va M.Ibragimovalar o‘z ilmiy ishlarini yakunlab dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Kafedra jamoasi ilmiy-tadqiqot faoliyatida bir qator yutuqlarga erishmoqda.
2018 yilda kafedra katta o‘qituvchisi M.Ibragimova PhD doktorlik dissertatsiyasini yakunlab, Moliya va bank akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashida muvafaqqiyatli himoya qildi.
2020 yilda kafedra katta o‘qituvchisi B.Mullaboev “Innovatsion faoliyatini rivojlantirish asosida vertikal integratsiyalashgan sanoat korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirish” mavzusidagi PhD doktorlik dissertatsiyasini yakunlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashida muvafaqqiyatli himoya qildi.
2022 yilda kafedra katta o‘qituvchisi A.Adashev “Kichik biznes subektlarini barqaror rivojlantirish va samaradorligini oshirish” mavzusidagi PhD doktorlik dissertatsiyasini yakunlab Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashida muvafaqqiyatli himoya qildi.
M.Ibragimova, A.Adashev va B.Mullaboevlar tomonidan 3 ta monografiya chop etildi.
T.Dadaboev va B.Mullaboevlar 2018 -2020 yillarga mo‘ljallangan Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti korporativ boshqaruv kafedrasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan amaliy loyihada katta ilmiy xodim sifatida ishtirok etganlar (PZ-20170928153 raqamli).
Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z faliyatlari davomida oxirgi 5 yilda Xalqaro ilmiy jurnallarda 300 dan ortiq, Scopus ro‘yxatidan o‘tgan jurnalda 50 dan ortiq, OAK tasarrufidagi respublika ilmiy jurnallarida 300 dan ortiq ilmiy maqollar chop ettirgan. Kafedra tadqiqotchilari respublika va xalqaro konferentsiyalarda faol ishtirok etib 500 dan ortiq tezislari konferentsiya to‘plamlarida chop ettirilgan.
Kafedra tomonidan xalqaro jurnallarda chop etilgan maqolalariga scholar.google tizimida 4000 dan ortiq murojaat qilinib iqtiboslik olingan.
Kafedra professor-o‘qituvchilarini samarali mehnatlari natijasida “Menejment” kafedrasi 2021 va 2022 yillarda institut kafedralari o‘rtasida reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallab kelishdi va institutning umumiy reytingi munosib hissa qo‘shishdi.
![]() | Adashev Azimjon O‘rinboevich kafedra mudiri |
1984 yil 28 oktiyabrda Namangan viloyati CHortoq tumanid 2008-2011 yillari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi assistenti, 2011-2012 yillari Namangan muhandislik-pedagogika instituti o‘quv-uslubiy bo‘lim inspektori, 2012-2012 yillari Namangan muhandislik-pedagogika instituti kadrlar bo‘lim inspektori , 2012-2019 yillari Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi o‘qituvchi, 2019-2022 Namangan muhandislik- qurilish instituti menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2022 yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasimudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 13 dan ortiq uslubiy ko‘rsatma, 70dan ortiq maqola va tezislar muallifi.
![]() | Ismatov Rahmatilla Oltinovich kafedra dotsent |
Ismatov Rahmatilla Oltinovich 1961 yil 4 yanvarda Namangan viloyati, Uychi tumani, Yorqo‘rg’on qishlog’ida tug’ilgan.
1968-1978yillarda Uychi tumanidagi 10 – o‘rta maktabda o‘qigan. 1978 yilda A.R.Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetiga o‘qishga kirib, 1983 yilda uni a’lo baholarga tamomlagan. SHu yilning noyabr oyidan TashPIning Namangan filialida (hozirgi NamMQI) assistent lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan.
1988-1991yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Iqtisod instituti aspiranturasida tahsil olgan. 1992 yilda mazkur institutning ixtisoslashgan ilmiy kengashida “Qurilish tashkilotlarida mehnatni pudrad usulida tashkil etish va uni pirovard natijalariga qarab rag’batlantirishni takomillashtirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 1996 yilda dotsent ilmiy unvonini olgan.Hozirgi kunda “Menejment” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib bormoqda.1996 yil fevral-mart oylarida Yevropa Ittifoqining MSDS, IEEC, IFOA, EC TACIC dasturi bo‘yicha, 1998 yil may-iyun oylarida respublika “Ustoz” jamg’armasining granti sovrindori sifatida AQSHning Nьyu-York universitetida malaka oshirgan.
2000-2001 yillarda “Evroaziya” fondining T00-0192 raqamli “Menejment mutaxassisligi magistrlari uchun o‘quv dasturlari va o‘quv qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi grant loyixasida loyiha direktori vazifasini bajargan.
Kasb-hunar kollejlari uchun hammualliflikda “Bozor iqtisodiyoti” nomli darslik (Toshkent, “O‘qituvchi”, 2002, 2005, 2012) uchta nashri, “Iqtisodiy savodxonlik asoslari” (Toshkent, “SHarq” 2000), “Korxonada sifat menejmenti tizimi” (Namangan 2021) va “QUALITI MANAGEMTNT SUSTEM AT ENTERPRISE” (STUDY GUIDE) LAR LAMBER Academic Rublishing (2021) nomli o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan. R.O.Ismatov 100 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifidir.
![]() | Shermatov G’ofurjon G’ulamovich kafedra dotsenti |
Mehnat faoliyatini 1993 yildan assistent lavozimidan boshlagan. 1993-2021 yillarda NamMPIda assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri, dekan muovini, dekan, prorektor lavozimlarida ishlagan. 2022 yildan “Menejment” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. 1 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq xorjiy va maxalliy jurnallarda hamda respublika miqyosida va xorijiy mamlakatlarda o`tkazilgan ilmiy konferensiyalar to`plamlarida nashr etilgan maqola va tezislar muallifi.
E-mail: shermatov_7007@inbox.ru
![]() | Qoraboyev Shuxratjon Ahmadjonovich katta o‘qituvchi. |
1976 yil 17 iyulda Namangan viloyati, Pop tumani, Sang qishlog`ida ziyoli oilasida duyoga kelgan. Sh.Qoraboyev 1993-1998 yillarda Namangan sanoat-texnologiya instituti talabasi, 1998-1999 yillarda NamMPI “Menejment” kafedrasida stajyor tadqiqotchi, 2000-2003 yillarda “Menejment” kafedrasi aspiranti, 2003-2018 yillarda shu kafedra katta o‘qituvchi, 2018-2019 yillarda Monitoring va ishki nazorat bo`limi boshlig`I,2019 yildan xozirgi vaqtga qadar Namangan muhandislik-qurilish instituti Menejmentkafedrasi katta o`qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 28 ta uslubiy ko‘rsatma, 50 tadan ortiq maqola va tezislar muallifi.
E-mail: koraboyev@mail.ru
![]() | Shokirova Gulbaxor Sharipjonovna katta o‘qituvchi. |
1975 yil 30 noyabrda Namangan viloyati, Namangan shahrida tug’ilgan. 1997-2003 yillarda Namangan sanoat-texnologiya (1998 yildan muhandislik-pedagogika) institutining iqtisodiyotni boshqarish kafedrasi assistenti, 2003-2014 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti menejment kafedrasi assistenti, 2014yildan xozirgi vaqtga qadarNamangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 30 dan ortiq uslubiy ko‘rsatma, 100 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.
![]() | Alabayev Sobitxon Ibragimovich katta o‘qituvchi. |
1979 yil 17 dekabrda Namangan viloyati Namangan tumanida tug’ilgan.
2003-2004 yillarda- Namangan muhandislik-pedagogika instituti menejment kafedrasi stajer-tadqiqotchisi, 2005-2007 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti Iqtisodiyot kafedrasi assistenti, 2007-2008 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti Menejment fakulьteti dekani muovini, 2008-2012 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti menejment kafedrasi assistenti, 2012 yildan xozirgi vaqtga qadarNamangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 10 dan ortiq uslubiy ko‘rsatma, 20 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.
![]() | Umarova Gulchexra SHavkatovna katta o‘qituvchi. |
1999-2003 yillarda NamMPI qoshidagi“biznes maktab” da katta o‘qituvchisi, 2006-2011 yilgacha “Menejment” kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelgan. 2011-2019 yillardashu institutning “Ijtimoiy” fanlar kafedrasida katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelgan. 2019 yil 5 noyabrdan Namanganmuxandislik-qurulish instituti menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 9 ta uslubiy ko‘rsatma, 40 tadan ortiq maqola va tezislar muallifi E-mail: umarovagulceha@gmail.com
![]() | Ergashev Ahmadjon Maxmudjon o‘g’li o‘qituvchi. |
1983-yil 18-noyabrda Namangan viloyati, To‘raqo‘rg’on tumanida ziyolilar oilasida tug’ilgan. A.Ergashev 2001-2005 yillardaNamangan muhandislik iqtisodiyot instituti talabasi, 2005-2007 yillardaNamangan muhandislik iqtisodiyot instituti magistranti, 2007-2011 yillardaNamangan muhandislik iqtisodiyot instituti Moliya kafedrasida assistent,
2011-2012 yillarda Litva respublikasi Vilnius Gediminas Texnika Universiteti Moliya injiniring kafedrasida katta ilmiy xodim tadqiqotchi, 2013-2016 yillarda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida o‘qituvchi,
2016-2021 yillarda Namangan viloyat davlat soliq boshqarmasi, To‘raqo‘rg’on tuman soliq inspektsiyasida bosh inspektor,
2021 yildan hozirgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti Menejment kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Hindiston, Malayziya, Singapur, Germaniya, Italiya, Polsha, Litva , Latviya, Belarus kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida malakasini oshirgan. 100 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
![]() | Shermatov Eldorjon Qo`ziboyevich o‘qituvchi. |
2007 yilda Namangan tumani Irvadon Iqtisodiyot kasb-xunar kollejida faoliyatini boshlagan. 2008-2015 yillarda Namangan Muxandislik Pedagogika Institutida faoliyatini olib borgan. 2015-2016 yillara Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Namangan viloyati CHust tumani bo`limida ishlagan. 2016-2021 yillarda Namangan viloyati CHust tumanida “Javoxir Qo‘ziev” fermer xo‘jaligi raxbari lavozimida ishlagan. 2021 yildan Namangan Muhandislik Qurilish Instituti “Menejment” kafedrasida o‘qituvchi faoliyatini davom ettirmoqda. Faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 yuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-3151-son qarori bilan oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali oliy ta’lim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish yo‘nalishlari belgilab olindi. Yuqoridagi xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Menejment kafedrasi qoshida professor-o‘qituvchilar va talabalarni mustaqil o‘z ustilarida ishlashlari uchun sharoit yaratish maqsadida kafedraga biriktirilgan 207-auditoriyada ilmiy, iqtisodiy, badiy adabiyotlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlangan Axborot resurs markazi tashkil etildi
Kafedrada jamoasi tomonidan Namangan vildoyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 25 ta korxona, tashkilot va muassasalar bilan “Fan va ishlab chiqarish o‘rtasida innovatsion xamkorlik” shartnomasi va ulardagi ilmiy texnik muammolarni yechimlarini topish uchun 2 ta innovatsion guruh tuzilgan. Kafedrada tashkil etilgan innovatsion guruh tarkibida kafedraning 6 nafar professor-o‘qituvchilari va 6 nafar iqtidorli talabalar, magistrantlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 2 nafar a’zo ishlab chiqarish korxonalari va muassasalaridan jalb etilgan. “Xaqulobod savdo-ishlab chiqarish” mas’uliyati cheklangan jamiyat bilan undagi ilmiy texnik muammolarni yechimini topish uchun tuzilgan 3 mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha ishlab chiqilgan kalendar rejaga asosan ilmiy tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.

Zamonaviy korxonalar bilan innovatsion xamkorlik shartnomalari bo‘yicha kafedrada tuzilgan innovatsion guruh a’zolari tomonidan shartnoma tuzilgan korxona va tashkilotlardagi ilmiy texnik muammolari banki aniqlanib, 2022yil davomida bu muammolarni yechimlarini topishga qaratilgan 12ta mavzu bo‘yicha bitiruv malakaviy ishi bajarilmoqda, 5 ta magistrlik, to`rtta doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan korxonalardagi ilmiy texnik muammolar yechimlarini topishga qaratilgan 2 ilmiy monografiya tayyorlanib chop ettirildi

Kafedraning o‘qituvchilari Qoraboyev Shuhrat (“Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi), Adashev Azimjonlar (“Menejment” kafedrasi o‘qituvchisi) Tempus dasturi (“MATChES” loyihasi) ning “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish yo‘lida” loyihasi doirasida 2015 yilning 22 yanvardan 31 yanvariga qadar Ispaniyaning Las Palmas de Gran Kanariya universiteti hamda 2015 yil 1 fevraldan 9 fevralga qadar Polshaning Yan Koxanovski universitetida tashkil etilgan o‘quv kurslarida ishtirok etib keldilar.