• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

«Mening farzandim—O‘zbekiston faxri!»

30 iyun — «Yoshlar kuni» munosabati bilan Respublikamizning barcha hududlarida «Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!» shiori ostida «Yoshlar oyligi» bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan yana biri Davlatobod tumani madaniyat markazida o‘tkazilgan «Mening farzandim  - O‘zbekiston faxri» loyihasining taqdirlash marosimi bo‘ldi.

Marosimda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari G‘ulomqodir Murodxo‘jaev, professor Jamila Shermuhammedova, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Musoxon Oppoqov va bir qator mutasaddilar ishtirok etishdi.

Loyiha doirasida viloyatning 10 nafar yetuk yoshlari hamda ularning ota-onalari munosib taqdirlandi. Quvonarlisi shundaki, ularning orasida institutimizning iqtidorli talabalaridan Sanoatni axborotlashtirish fakulteti talabasi Diyorbek Jumaboev va Qurilish fakulteti talabasi  Ahmadjon Muxtorjonov ham bor.

Talabalarimizning kelgusidagi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!

  • Share :