• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari va rektor "Qalqon" guruhi aʼzolariga guvohnomalar topshirdi

Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari va rektor "Qalqon" guruhi aʼzolariga  guvohnomalar topshirdi

Namangan muhandislik-qurilish institutida  Milliy gvardiya Namangan viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazildi.

Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori, "Qalqon" guruhi rahbari Doniyorbek Jakbarov taklifiga binoan (https://t.me/milliygvardiyauz_official/13475?single) tadbirga Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari, polkovnik Sarvar Mamayusupov institutga keldi.

Tashrif doirasida institut rektori Sharifjon Ergashev hamrohligida yangilangan tarkibdagi "Qalqon" jamoatchilik guruhi aʼzolarini tanishtirish va ularga guvohnoma topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan chiqishlar va koʻrgazmalar tashkil etildi.

  • Share :