• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Mirzo Ulugʻbek vosirlari” tanlovining viloyat bosqichi sovrindorlari taqdirlandi

Tanlovning viloyat bosqichida 4 nafar talaba Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan boʻlib, ularning barchasi Sanoatni axborotlashtirish fakulteti talabalaridir.

Taqdirlash tadbirida iqtidorli talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalarini fakultet dekani Abdurahim Qahharov topshirdi. Talabalar Respublika bosqichida ham munosib qatnashib, yuqori natijalarga erishishlariga tilak bildirdi.

Tadbirda fakultetning yoshlar ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari Nozimjon Ortiqov va fakultet tyutorlari ishtirok etdi.

NamMQI media markazi

  • Share :