• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Mohiraga tikuv mashinasi sovg‘a qilindi

Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshchiligidagi mutasaddilar Yangiqo‘rg‘on tumani, Rovut mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan Mohira Nuriddinova xonadonini yo‘qladi.

Mohiraning institut rektori muloqotida bildirgan istagidan kelib chiqib, unga VERITAS 2+3 rusumidagi tikuv mashinasi sovg‘a qilindi.

Endi u ushbu mashina yordamida tikish-bichishni o‘rganib, kelgusida mohir tikuvchi bo‘lib yetishishi mumkin.

  • Share :