• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Muhandislik kommunikasiyalari fakul'teti birinchi bosqich talabalari ikki haftalik o‘quv-tanishuv amaliyotiga yuborildi

Fakultetning 500 nafardan ortiq talabasi viloyatdagi o‘nlab yetakchi korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘taydi.

Ular qatorida Tabiat resurslari, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, loyihalash institutlari, elektr, gaz va suv ta'minoti idoralari, “Mexmash”, “Namanganmash”, “Best stroy” kabi yetakchi korxonalar bor.  

Talabalarni amaliyotga yuborish tadbirida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov, fakul'tet dekani Fayzulla Nishonov ishtirok etdi va ularga zarur tavsiyalarni berdi.

  • Share :