• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Muhandislik kommunikatsiyalari fakultetida bayram tadbiri oʻtkazildi

Muhandislik kommunikatsiyalari fakultetida  8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Aziz va muqaddas ayol” nomli bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Xalq demokratik partiyasi Namangan shahar Kengashi raisi Dilnoza Oʻrinboyeva hamda fakultet dekani Fayzullo Nishonov ishtirok etib, yigʻilganlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Professor-oʻqituvchilar va talabalarga viloyat hokimligi, XDP Namangan shahar kengashi hamda institut rektorining tashakkurnomalari, faxriy yorliqlar va dekanat tomonidan tayyorlangan esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

  • Share :