• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI QURILISHI VA MONTAJI KAFEDRASI

Kafedra haqida  

Kafedra Namangan muhandislik-Pedagogika instituti rektorining 1992 yil tashkil etilgan va o’sha yili 1 sentyabrdan faoliyat ko’rsata boshlagan. dots. Alinazarov Alisher (1992-1996), t.f.n.,dots. Negmatov Mirzabahrom (1996-1998), dots. Alinazarov Alisher (1998-2006), t.f.n., dots. Bahodirov Azizbek (2006-2010), t.f.n., dots. Xodjiev Nosirjon, f.m.f.n. G`ulomov Abdurasul, t.f.n., Axunov Donyor, t.f.n dots. Imomnazarov Ozodboy , prof. Alinazarov Alisher, F.Nishonov yillarda kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borganlar. Hozirda kafedra jamoasiga Jo`rayev Sherali Sharipovich rahbarlik qilib kelmoqda.     

   Kafedrada hozirgi kunda 1 ta professor (Alinazarov Alisher Xaydaraliyevich), 4 ta dotsent (Negmatov Mirzabahrom Karimovich , Nishonov Fayzullo Xolmirzayevich, Axunov Daniyor Baxtiyorovich, Atamov Abdullajon Abdulhamidovich) 5 ta kata o`qituvchi (Majidov Nurmuxamad Najmitdinovich, Qosimov Toxirjon Olimjonovich, Yuldashev Jo`rabek G`ofurjonovich,  Mansurova Nodira Shokirjonovna, Xaydarov SHerzod Xaydalievich) 3 ta o`qituvchi (Jo`rayev Xurshidbek Abdiraximovich,  Qayumov Dilshod Abdug’ofur o`g’li, Qurbonov Kozim Muhammadrashidovich) va 2 ta stsjyor o`qituvchi (Sultonov Sordor Solohiddin o’g’li,  Xudoyberdiyev Nizomiddin)  faoliyat ko`rsatmoqda    

Kafedra professor-o'qituvchilari:    

Jo’raev SHerali SHaripovich-kafedra mudiri dotsent    

Alinazarov Alisher Xaydaraliyevich-kafedra professori    

Nishonov Fayzullo Xolmirzayevich-kaferda dotsenti    

Negmatov Mirzabahrom Karimovich-kaferda dotsenti    

Atamov Abdullajon Abdulhamidovich-kaferda dotsenti    

Axunov Daniyor Baxtiyorovich-kaferda dotsenti    

Majidov Nurmuxamad Najmitdinovich-kafedra kata o`qituvchisi    

Qosimov Toxirjon Olimjonovich-kafedra kata o`qituvchisi    

Yuldashev Jo`rabek G`ofurjonovich-kafedra kata o`qituvchisi    

Xaydarov SHerzod Xaydalievich-kafedra kata o`qituvchisi    

Mansurova Nodira Shokirjonovna-kafedra kata o`qituvchisi    

Qayumov Dilshod Abdug’ofur o`g’li-kafedra o`qituvchisi    

Jo`rayev Xurshidbek Abdiraximovich-kafedra o`qituvchisi    

Qurbonov Kozim Muhammadrashidovich-kafedra o`qituvchisi    

Sultonov Sordor Solohiddin o’g’li-kafedra stajyor o`qituvchisi    

Xudoyberdiyev Nizomiddin-kafedra stajyor o`qituvchisi    

Tayorlanadagan mutaxasislar    

Kafedrasi quyidagi bakalavriat va magistratura (kunduzgi, sirtqi ta`lim sirtqi) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayorlaydi. Soxa o`z ichiga suv ta’minoti, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, ventilyatsiya ta’minoti, muqobil eneryiga tizimlarini oladi    

Bakavriyat    

70730400-Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji    

Magistratura    

70730401-Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji    

O`QISHGA MARHAMAT    

 Kafedrani ilmiy sohada erishgan natijalari:    

      Kafedra ilmiy sohada ko`plab natijalarga erishib kelmoqda, jumladan A.A.Alinazarov tomonidan 10 dan ortiq monografiyalar nash ettirilgan. A.A.Atamov tomonidan “Gaz ta’minoti tizimlari” darslik va ko`rsatlamar nashr ettirilgan. N.N.Majidov tomonidan “Issiqlik ta’minoti va issiqlik jarayonlari” o`quv qo`llanma nashr ettirilgan, F.X.Nishanov tomonidan 3 tadan ortiq qo`llanmalar nashr ettirilgan, M.K.Negmatov tomonidan 2 ta monojrafiya va kafedra a’zolari tomonidan 10 dan ortiq DGU lar tayorlangan.     

Ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik    

        Viloyatimizda joylashgan Viloyat “Suvoqava” DUK, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali, Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari xavzasi boshqarmasi, Viloyat arxitekturasi, “Proekt-servis” MCHJ, “VEN-KON AIR ENGINEERING” xususiy korxonasi, Nasos stantsiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi, Viloyat “ISSIQLIK MANBAI” i/ch DU korxonasi bilan kafedraning doimiy hamkorlikda ishlab kelmoqda.   

 Jo’raev Sherali Sharipovich 

 Qabul kuni: har kuni (yakshanbadan tashqari): 9.00-17.00.

 Telefon:  (91) 355 81 25

 E-mail: jorayev1981@mail.ru

Ma'lumotnoma: Yuklab olish


 

Kafedra tarkibi:    

Jo’raev Sherali Sharipovich 

1998 yildan Namangan muxandislik-pedagogika instituti talabasi, magistranti, laboranti, ishlab chiqarish ta`limi bo’yicha o’quv ustasi, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi kafedrasi asisstenti, shu kafedraning katta o’qituvchisi, Muhandislik kommunikatsiyai fakul’teti dekan o’rinbosari va hozirda Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 2018 -yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.T.10.02 Ilmiy kengashda, 05.09.07 - “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi bo’yicha tayyorlagan “Gruntli inshootlarda fil’tratsiya jarayonini kamaytirishda mahalliy xom ashyo samaradorligini baholash” mavzusidagi texnika fanlari bo’yicha falsafa (PhD) doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bugungi kunda dissertatsiya mavzusi bo’yicha 26 ta ilmiy maqolalar, jumladan ilmiy jurnallarda 4 ta, 2 ta maqolalari xalqaro va Respublika anjumanlari materiallarida chop qilingan. Maqolalarning 4 tasi Avstriya, AQSH, Xindiston va Rossiya davlatlarida chop etilgan.


 


Alinazarov Alisher Xaydaraliyevich 

1990 yildan Texnika fanlari nomzodi, 1994 yil dotsent, 2019 yilda professor ilmiy unvonlarida tasdiqlangan. Turon Fanlar Akademiyasi akademigi. Faoliyati davrida Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi va Qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish kafedralariga raxbarlik qilgan. 2003-2020 yillar davomida 5 ta Davlat grantlarida raxbar yoki katta ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan. Hozirgi vaqtgacha 400 tadan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar, shu jumladan 7 ta monografiya, 3 ta darslik va o`quv qo`llanma. 12 ta ixtiro uchun patentlar muallifi. Scopus bazasidagi jurnallarda 15 dan ortiq maqolalar chop ettirgan. Doktorlik dissertatsiyasi himoyasi bo`yicha ilmiy seminarlar a’zosi. 

 


 


 Nishonov Fayzullo Xolmirzayevich 

Toshkent arxitektura-qurilish instituti magistranti; institutning injenerlik kommunikatsiyalarini loyihalash, qurish va foydalanish kafedrasi lobaranti; assistenti; katta ilmiy xodim-izlanuvchisi; katta o‘qituvchisi; kafedrasi dotsenti.lavozimlarida, 2020 yildan esa Namangan muhandislik – qurilish instituti Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedrasi mudiri va hozirda Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti dekani lavozimlida ishlab kelmoqda. Hozirgi vaqtgacha Xalqaro va Respublika konferensiyalarida 45 ta maqola, 4ta uslubiy ko‘rsatma va 2 ta o‘quv qo‘llanma nashr etilgan.

 

 

 



Negmatov Mirzabahrom Karimovich  

 1978- yilidan Samarqand Davlat-arxitektura-qurilish instituti talabasi, Leningrad muhandislik - qurilish institutida aspirant, kichik ilmiy hodim, Namangan sanoat-texnologiya instituti muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri, Samarqand Davlat-arxitektura qurilish instituti doktoranti va hozirgi davrda muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi vaqtgacha Xalqaro va Respublika konferensiyalarida ko`plab maqola, uslubiy ko‘rsatma va o‘quv qo‘llanma nashr etirgan. 4 ta EHM bo`yicha guvohmona olgan 

 


 


Atamov Abdullajon Abdulhamidovich 

1979- yilidan Toshkent politexnika instituti talabasi, Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (1991 yildan Namangan sanoat texnologiya instituti) assistenti, kafedrasi katta o’qituvchisi 2020 yildan boshlab kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda Hozirgi vaqtgacha Xalqaro va Res’ublika konferensiyalarida 25 ta maqola, 13 ta uslubiy ko‘rsatma va 2 ta o‘quv qo‘llanma nashr etilgan 

 

 

 


 


Majidov Nurmuxamad Najmitdinovich 

  1978- yilidan Toshkent politexnika instituti talabasi, Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (1991 yildan Namangan sanoat texnologiya instituti) assistenti, kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda Hozirgi vaqtgacha Xalqaro va Res’ublika konferensiyalarida 60 ta dan ortiq maqola, 25 ta dan ortiq o`quv uslubiy majmua, 1 ta o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan. 2 ta EHM bo`yicha guvohmona olgan. 

 

 

 


 


Qosimov Toxirjon Olimjonovich  

 2002- yildan Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi, magistratura, kafedrasi assistenti, talaba kadrlar bo’limi bosh inspektori va hozirda muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedrasi katta o’qituvchisi.


 

 
 
 


 


Yuldashev Jo`rabek G`ofurjonovich 

  1998-yildan Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi, magistranti, assistenti, katta o’qituvchisi.

 
 
 
 




 


Xaydarov SHerzod Xaydalievich 

  2004-yil Namangan muhandislik-pedagogika instituti bakalavriyatura, magistratura, stajyor-tadqiqotchi izlanuvchisi, assistenti, katta o’qituvchisi lavozimlarida ishlab kelmoqda Bugungi kungacha 30 dan ortiq nufuzli Respublika va Halqaro ilmiy-texnika jurnallarida, shuningdek 20 dan ortiq Respublika va Halqaro konferentsiyalarda o’zining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etib kelmoqda. Faoliyati davomida bir nechta iqtidorli talabalari bilan nufuzli Respublika tanlovlarida va Respublika fan olimpiadalarida ishtirok etib fahrli 1-2-o’rinlarni egallagan. Jumladan 2020 yil 28-MKQ-16 guruxi talabasi Qosimova Gulhayo va 2021 yil 20-MKQ-17 gurux talabasi Jaloldinov Axrorlar “Ventilyatsiya va havoni konditsiyalash tizimlari” fani bo’yicha Respublika bosqichida faxrili 1 va 2 o’rinni egalladilar. Bugungi kunda 05.09.07 – “Gidavlika va muxandislik gidrologiyasi” ixtisosligi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirib kelmoqda. 


 


Mansurova Nodira Shokirjonovna 

2001 yildan Namangan muhandislik-pedogogika instituti talabasi, magistranti, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedrasi o’qituvchisi

 
 
 
 
 




 


Qayumov Dilshod Abdug’ofur o`g’li 

2011 yildan Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi, 2014 yil. Toshkent arxitektura-qurilish instituti magistranti va hozirgi davrgacha Namangan muhandislik-qurilish instituti o`qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

 
 
 
 


 


Jo`rayev Xurshidbek Abdiraximovich  

2003 yildan Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi, magistraturanti, muhandislik kommunikatsiyalar qurilishi va nomtaji kafedrasi laboranti va kafera o`qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 



 

 


 


Qurbonov Kozim Muhammadrashidovich 

2006 yil Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi, magistranti, kafedra laboranti va hozirda o`qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

 




 


Sultonov Sordor Solohiddin o’g’li

2013 yildan Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi, 2019 yil Toshkent arxitektura-qurilish instituti magistranti, 2020 yil muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedrasi stajyor o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda

 

 

 


 

  • Share :