• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI KAFEDRASI

Kafedra haqida

Arxitekturaviy va dasturiy loyihalash kafedrasi    institut rektorining 2022 yil 158 – sonli buyrug`iga asosan 5-avgustda “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga 2021 yil 6-sentyabrdan PhD. Maxkamov G`ulomjon Usmonjonovich mudir etib tayinlandi.   

Kafedrada jami bo`lib 10 nafar professor-o`qituvchilar shu jumladan:            4 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar katta o`qituvchi, 4 nafar o`qituvchi va 1 nafar stajyor o`qituvchi faoliyat ko`rsatmoqdalar.

Kafedrada “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi, muhandislik va kompyuter grafikasi, qalamtasvir, rangtasvir va haykaltaroshlik fanlari o`qitiladi.

 Kafedrada shu kunga qadar kafedra professori, dots. SH. Abduraxmanov tomonidan 1 ta darslik, 3 ta o’quv qo’llanma 4 ta monografiya, dots. K.Madumarov tomonidan   kasb – hunar kollejlari uchun 1 ta o`quv qo`llanma, G.Tubaev va A.Qahharovlar tomonidan    1 ta o`quv qo`llanma va 2 ta monografiya, A.Xamrakulov tomonidan 1 ta o`quv qo`llanma, 1 ta monografiya, A.Xamrakulov va G`.Maxkamovlar tomonidan xorijda 2 ta monografiya chop etilgan.

Kafedra professor – o`qituvchilari tomonidan 50 dan ortiq ilmiy uslubiy ishlar chop etilgan. Jumladan A.Xamrakulov tomonidan “Chizma geometriyadan masalalar ishlash uchun elektron uslubiy ko`rsatma” ishlab chiqilgan bo`lib, o`quv jarayonlarida samarali qo`llanilib kelmoqda.

Kafedrada hozirgi kunda Sankt-Petrburg gorniy universiteti “Chizma geometriya va muhandislik kafedrasi” bilan hamkorlikda ilmiy taddiqot ishlari olib borilmoqda.

image-19

Maxkamov G`ulomjon Usmonjonovich

Qabul vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari):

15.00-17.00.

Telefon: +998 93 938-25-88

E-mail: m.gulomjon@mail.ru

1982    yil 6   maydaNamangan viloyati To`raqo`rg`ontumanida tavallud topgan. O`zbek, oilali, partiyasiz, 3 nafar farzandi bor. 1999 yilda Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanidagi 39 –o`rta maktabni tamomlagan. 2000 yili Namangan muhandislik-pedagogika(xozirgi qurilish) institutiga o`qishga kirib, Agroinjineriya mutaxassisligini 2004 yilda tamomlab bakalavr darajasini oldi. 2005-2007 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika(xozirgi qurilish) institutining Kasb ta`limi(Qishloq ho`jaligini mexanizatsiyalashtirish) mutaxassisligi bo`yicha magistraturani tamomlab, “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi assistenti sifatida pedagogik faoliyatini boshlagan. 2020-2021 yillarda Namangan muhandislik qurilish instituti doktoranti. 2007-2020yillarda Namangan muhandislik-qurilish instituti (Namangan muhandislik – pedagogika instituti)da assistent, katta o`qituvchi lavozimlarida ishlagan. 2021 yil 6 sentyabrdan “Arxitekturaviy va dasturiy loyihalash” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda. 

G`.U.Maxkamov 2021 yil 19 iyun    kuni 05.07.01 – Qishloq xo`jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo`jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash    ixtisosligi bo`yicha “Mexanik ekish apparati konstruktsiyasini takomillashtirish orqali piyoz urug`ini ekish sifatini oshirish” mavzusidagi texnika fanlari bo`yicha falsafa doktori(PhD) dissertatsiya ishini muvafaqiyatli himoya qildi va texnika fanlari bo`yicha falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasiga ega bo`ldi.

Kafedra tarkibi:    

image-24

MAXKAMOV G`ULOMJON USMONJONOVICH– Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi mudiri. Institutda 2004 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. 60 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosida ilmiy maqola, tezislar hamda o`quv-uslubiy ko`rsatmalar muallifi. 2021 yilda texnika fanlari bo`yicha falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini olgan.     m.gulomjon@mail.ru,    

maxkamovgulomjon9@gmail.com    

 

image-21
ABDURAHMONOV SHERZOD – “Muhandislik va kompyuter grafikasi”  kafedrasi  professori, dotsent. Pedagogika fanlari nomzodi. Institutda 1979 yildan faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar, 1 ta darslik 3 ta o’quv qo’llanma 4 ta monagrafiya muallifi. e-mail:    e-mail: sh.abduraxmonov@umail.uz

 

image-16
MADUMAROV KOMIL XAMITOVICH  “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi dotsenti. Institutda 1981 yildan faoliyat olib bormoqda. 1981 yil Toshkent Politexnika Institutini tamomlagan. 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 20 dan ortiq o`quv-uslubiy ko`rsatmalar muallifi. Texnik chimachilik qo`llanmasi o`qituvchi nashriyotida 8 marotaba nashir etildi. 2014 yilda ushbu kitob Respublikada eng yaxshi qo`lanma sifatida tan olingan madumarov@gmail.uz

 

image-17
XAMRAKULOV ABDURAXMAT KARIMOVICH  “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi dotsenti. Pedagogika fanlari nomzodi. Kafedrada 2012-2021 yillarda kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 70 dan ziyod ilmiy uslubiy ishlar muallifi, shulardan 53 tasi ilmiy, 17 tasi uslibiy xarakterga ega (shundan, 2 tasi uslubiy qo`llanma). “Chizma geometriyani o`qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish” nomli monografiya muallifi. hamkarab_a@mail.uz

 

image-11
TURSUNOV SHAVKAT SHARIBJANOVICH  “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi katta o`qituvchisi. 1998 yilda Namangan Davlat Universitetini tamomlagan. Institutda 2014 yildan beri ilmiy-pedagogik faoliyat yuritib kelmoqda. Sh.Tursunov tomonidan 1 ta shaxsiy ijodiy ishlar katalogi chop ettirilgan va 70 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 15 tadan ortiq horijiy jurnallarda, OAK ro`yxatidagi jurnallarda 8 ta maqola hamda xalqaro va respublika miqyosidagi konferentsiyalarda 50 dan ortiq tezislar va mutaxassislik fanlaridan ilmiy-uslubiy ishlar, 50 tadan ortiq rangtasvir va grafika asarlari muallifidir. 2000 yildan viloyat, Respublika, xorijiy tanlov va ko`rgazmalar ishtrokchisi. 2019 yil – QarDUda o`tkazilgan “Ustoz-shogird” xalqaro tasviriy va amaliy san`at ko`rgazma tanlovida  Rangtasvir nominatsiyasi bo`yicha 3-darajali diplom bilan taqdirlangan E-mail: sabtj@umail.uz

 

 

  • Share :