• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi professori Abdurahmat Hamroqulov 60 yoshni qarshiladi

Namangan muhandislik-qurilish institutida professor-oʻqituvchilarni yubiley sanalari bilan tabriklash odat tusiga kirgan. Institut jamoasi bu gal Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi professori Abdurahmat Hamroqulovning 60-yillik tavallud ayyomini nishonlash uchun jamlandi.

Abdurahmat Hamroqulov 1964-yil 29-mart kuni Norin tumanida tugʻilgan. 1989-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan.

Shu yili Namangan sanoat-texnologiya institutida (hozirgi Namangan muhandislik-qurilish instituti) assistentlikdan faoliyatini boshlab, professorlikkacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan.  

Institut rektori yubilyarni sana bilan bilan qutlab, eng ezgu tilaklarni bildirdi. Oʻzbekona udumlarga muvofiq, professorga toʻn kiydirildi va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Abdurahmat Hamroqulov yakunda soʻz olib, jamoaga va hamkasblarga minnatdorligini bildirdi.

  • Share :