• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Muxtorjon Mansurov Qurilish fakulteti dekani etib tayinlandi

U 1978 yili Uychi tumanida tug‘ilgan. 1999 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. Texnika fanlari doktori, dosent.

Faoliyatini 2001 yili NamMPI Umumtexnika fanlari  kafedrasi assistentligidan boshlagan. Keyinchalik shu kafedra o‘qituvchisi, Mashinasozlik fakul'teti dekan muovini, Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi  mudiri, Umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri, Mingbuloq agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori, Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash va elektrlashtirish instituti izlanuvchisi, shu institut ilmiy kadrlar tayyorlash bo‘limi rahbari, NamMQI ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, Transport logistikasi va xizmatlar sohasi kafedrasi mudiri, Mashinasozlik fakul'teti dekani vazifalarida ishlagan.

2020 yildan hozirgacha NamMQI Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Muxtorjon Mansurov institut rektorining 2023 yil 11 maydagi buyrug‘i bilan Qurilish fakul'teti dekani etib tayinlandi.

  • Share :