• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish instituti intellektual haftalik saralash o’yinida finalga chiqdi!

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan intellektual haftalik saralash o’yining yakuniy natijalariga ko‘ra, Namangan viloyatidagi 6 ta OTM o‘rtasida NamMQI jamoasi institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti intellektual loyihalar koordinatori boshchiligida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Bu bilan institutimiz 23-26-may kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

"Intellektual haftalik" doirasidagi "Breyn ring" musobaqasi guruh bosqichida institutimiz 1-guruhdan joy olib, raqib jamoalar ma'lum bo'ldi:

🔸UrDU
🔸QorTI
🔹 NamMQI 
🔸FarPI
🔸TDTU Olmaliq filiali

Oliygohimiz faoliyatida talabalarning bunday yutuqlarga erishishi talabalarimizga yanada shijoat bag‘ishlamoqda.

Buxoro shahrida bo'lib o'tadigan bahslarda ham NamMQI jamoasidan g‘alabalar kutib qolamiz!

  • Share :