• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish instituti talaba-yoshlari o‘rtasida bir bosqichli “Muhandis kitobxon” tanloviga start berildi!

Tanlovga O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, Tog'ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, Ahmad Lutfiy Qozonchining “Saodat asri qissalari”-(1-4 qismlar) nomli asarlar tanlab olingan.

Belgilangan vaqt oralig‘ida ushbu kitoblarni to‘liq o‘qib, tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar ishtirokida yuqorida nomlari keltirilgan asarlar asosida 50 ta savoldan iborat test sinovlari o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar tanlovda qatnashish uchun 2024-yil 22-fevral kuni soat 12:00 ga qadar Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti dekani o‘rinbosari A.Dehqonovga uchrashib, ro‘yxatdan o‘tishlari lozim bo‘ladi.

Tanlov 24-fevral shanba kuni institut 1-binosi 101-xonasida soat 10:00 da boshlanadi.

G'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar institut rektorining darajali diplomlari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

  • Share :