• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalarining ota-onalari oliy o‘quv yurtiga taklif etildi

Ularni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, rektor maslahatchisi Azizbek Abduvaliev, Muhandislik kommunikasiyalari fakul'teti dekani Fayzulla Nishonov talabalar turar-joyida qarshi oldi va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan batafsil  tanishtirdi.

Mutasaddilar ota-onalar bilan muloqot davomida institut tarixi va bugungi kuni, mavjud tartib-qoidalar, kredit-modul' tizimi, fan, madaniyat, til va sport to‘garaklari, turli tanlov va olimpiadalar haqida ma'lumot berdi.

Shundan so‘ng ota-onalar institutning asosiy korpusida bo‘lib, auditoriya va laboratoriyalar, sport majmuasi va axborot-resurs markazini ko‘zdan kechirdi.

Yakunda institut rektori Sharifjon Ergashev ota-onalar bilan uchrashib, bugungi tashrif uchun minnatdorlik bildirdi. Farzandlar ta'lim-tarbiyasiga doimiy e'tibor, institutda ota-onalar kongressini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

NamMQI media markazi

  • Share :