• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

FVB Namangan shahar bo‘limi bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Namangan shahar FVB boshlig‘i Bunyod Egamnazarov favqulodda vaziyatlar, yong‘in xavfsizligi xodimlari, institut t'yutorlari va talabalar turar-joylari mutasaddilariga mavsumni munosib o‘tkazish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalarni berdi.

Xususan, nafaqat institut binolari yoki talabalar turar-joylari, balki talabalar ijarada istiqomat qiladigan xonadonlar ham ko‘zdan kechirilishi, xonadon egalarini yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, is gazidan hushyor bo‘lish, qo‘lbola moslamalardan foydalanmaslik yuzasidan ogohlantirish zarurligi ta'kidlandi.

NamMQI media markazi

  • Share :