• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutida ota-onalar forumi bo‘lib o‘tdi

Institut birinchi kurs talabalarining ota-onalarini birinchi prorektor Odiljon Jakbarov va Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani Abdurahim Qahhorov qarshi oldi hamda dastlab talabalar turar-joyida yaratilgan sharoitlar bilan batafsil  tanishtirdi.

Mutasaddilar shu yerning o‘zida ota-onalar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida institut tarixi va bugungi kuni, mavjud ichki qoidalar, kredit-modul' tizimi, to‘lovlar tartibi haqida ma'lumot berdi.

Institut rektori Sharifjon Ergashev ota-onalar bilan uchrashib, bugungi tashrif uchun minnatdorlik bildirdi. Eng yuqori ballar bilan talabalikka qabul qilingan yoshlarning ota-onalariga tashakkkurnomalar topshirdi.

Shundan so‘ng ota-onalar institutning asosiy korpusida bo‘lib, auditoriya va laboratoriyalar, sport majmuasi va axborot texnologiyalari markazini ko‘zdan kechirdi.

NamMQI media markazi

  • Share :