• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutiga kitoblar jamlanmasi taqdim etildi

Namangan viloyatida «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan festival doirasida «Kitob karvoni» tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan Namangan muhandislik-qurilish institutiga 200 ga yaqin turli ilmiy va badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

Tadbirda institut 1-prorektori Odiljon Jakbarov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

 Yoshlar oyligi diorasidagi tadbirlar 30-iyun "Yoshlar kuni"ga qadar joylarda ko‘tarinki ruhda davom etadi.

  • Share :