• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan viloyat musiqali drama teatri bugun ham gavjum

Namangan viloyat musiqali drama teatri bugun ham NamMQI professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan gavjum bo‘ldi. Ularga teatr jamoasi tomonidan Nurulloh Abbosxon qalamiga mansub “Ibrat” spektakli namoyish etildi.

Namoyishdan oldin teatrning bugungi kundagi faoliyati va rejalashtirilayotgan yangi sahna asarlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Institut jamoasi ushbu spektakl orqali namanganlik ulug‘ mutaffakirning shonli va fojiali hayoti bilan tanishdi. Aktyorlarning ijro mahorati professor-o‘qituvchilar va talabalar olqishiga sazovor bo‘ldi.  

NamMQI media markazi

  • Share :