• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan viloyatida yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida sayyor qabul o‘tkaziladi

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishchi guruhlari tomonidan Namangan viloyatida yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Manzil:

Davlatobod tumani “Yangi Oʼzbekiston - yoshlar ziyo maskani axborot kutubxonasi”, soat 10:00;

Unda hududdagi barcha yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollari, muammo va takliflari, shuningdek, oʻz tashabbuslari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Qabulda oliy taʼlim muassasalari talabalari, abituriyentlar, professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari hamda ushbu muassasalarga hujjat topshirish istagini bildirgan yoshlar, shuningdek ularning ota-onalari ishtirok etishlari mumkin.

  • Share :