• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namanganlik ingliz tili mutaxassislari “TESOL Arabia” dasturi doirasida 27-xalqaro konferantsiya ishtirok etdilar

Namangan muhandisli-qurilish instituti qoshidagi Akademik litsey ingliz tili o‘qituvchisi Jakbarova Nasiba Po’latjanovna 10, 11, 12 mart kunlari Dubai shahrida bo‘lib o‘tagan TESOL Arabia xalqaro konferensiyasida qatnashdi. Nasibaxon Jakbarova va yana 11 nafar Namanganlik ingliz tili mutaxassislari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida “TESOL Arabia” dasturi doirasida "Hyatt Regency" mehmonxonasida o‘tkazilayotgan 27-xalqaro konferantsiya va ko‘rgazmada spiker sifatida ishtirok etdilar. Konferensiya debat, seminarlar, taqdimotlar plenar va tematik sessiyalar bo‘yicha xalqaro miqyosda taniqli va innovator mutaxassislarni bir yerga jamlaydi. Shuningdek, konferntsiyadan so‘ng  Dubaydagi EXPO 2020 ning ishtirokchi spikerlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  • Share :