• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namanganliklar.uzda e’lon qilingan NamMQI auditoriyalaridan birida quvurdan suv sizgani aks etgan videolavhaga munosabat

Namanganliklar.uz telegram-kanalida Namangan muhandislik-qurilish instituti auditoriyalaridan birida quvurdan suv tomchilayotgani aks etgan video e’lon qilingan.

Namanganda kecha va bugun yoqqan kuchli yomg‘ir institutning birinchi bino, 409-xonasida joylashgan auditoriyasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Buning natijasida ushbu xonaning shift qismidan o‘tgan quvurda suv sizishi kuzatilgan.

Hozirda NamMQI xo‘jalik bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu kamchilikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, boshqa xona va auditoriyalardagi tarmoq va quvurlar ko‘zdan kechirilmoqda.

Shu o‘rinda bir mulohaza. Videoda talabalarni quvurdan suv tomchilayotganini istehzo bilan telefon kamerasiga tasvirga olayotganini ko‘rish mumkin. Aslida buning o‘rniga holat yuzasidan mutasaddilarga murojaat qilib, ularga bu borada ko‘maklashilganida o‘zi bilim olayotgan dargohga nisbatan munosib hatti-harakat bo‘lardi.

NamMQI media markazi

  • Share :