• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI axborot texnologiyalari markazida “Ota-onalar kongressi”ning asosiy qismi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda institut rektori Sharifjon Ergashev, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Musoxon Oppoqov, Mashinasozlik fakul'teti dekani Rahmatali Rustamov, Transport fakul'teti dekani Bahriddin Mahmudov, institutning sobiq bitiruvchisi, karate bo‘yicha jahon chempioni, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi Sarvar Murodullaevning oliy ta'limdagi islohotlar, institutda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, kredit-modul tizimi, axloq-odob kodeksi, talabalarga yaratilayotgan sharoitlar va ota-onalar mas'uliyati haqidagi chiqishlari tinglandi.

Magistr Ahmadjon Muxtorjonovning “Oliygohim” she'ri ishtirokchilar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Ota-onalar kengashini tuzish va ularga a'zolar saylash bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Yakunda o‘g‘il-qizlari institutga eng yuqori ballar bilan kirgan talabalarning ota-onalari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

NamMQI media markazi

  • Share :