• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI axborot xizmati rahbari viloyat IIB Jamoatchilik kengashi a'zosi bo‘ldi

Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasida Jamoatchilik kengashini tuzishga bag‘ishlangan tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat kengashidan nodavlat va jamoat tashkilotlari, ta'lim muassasalari, OAV vakillari va ichki ishlar faxriylari o‘rin oldi.

Jumladan, NamMQI axborot xizmati rahbari Azizbek Abduvaliev ham ushbu kengash tarkibiga kiritildi.

Tadbirda ichki ishlar organlari faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan muntazam monitoring olib borish, tizim faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida takliflar berish kabi kengashning ko‘plab vazifalari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur kengash ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisiga aylantirish, ularni fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta'minlash maqsadida faoliyat olib borishi alohida qayd etildi.

  • Share :