• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI dekan o‘rinbosari loyiha muallifi bo‘lgan “Hilol” to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Kitobga mamlakat miqyosida jami 75 nafar talaba, jumladan, Namangan muhandislik-qurilish institutining 3 nafar talabasi ijod namunalari jamlangan. 

Davlatobod tumanidagi yoshlar ziyo maskanida bo‘lib o‘tgan tadbirda  O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Ziyovuddin Mansurov ushbu to‘plamning ahamiyatiga to‘xtalib, so‘z san'ati muxlisi bo‘lgan yoshlar uchun katta motivatsiya berishini qayd etdi.

 Noshir va shoira Dilorom Ergasheva uchinchi bor chop etilayotgan mazkur to‘plam dunyo yuzini ko‘rishi mazkur loyiha muallifi, Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti dekan o‘rinbosari Anvarjon Dehqonovning mehnati mahsuli ekanligini ta'kidlab, ijod ahli nomidan minnatdorlik bildirdi.

Taqdimotda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolari, shoiralar Dilbar Haydarova, O‘ktamoy Xoldorova, Ruqiya G‘ozieva ham ishtirok etib, kitob yuzasidan fikr-mulohazalarini aytib o‘tdi. To‘plamdan she'rlari o‘rin olgan talabalarning chiqishlari tinglandi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :