• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Energetika va mehnat muhofazasi fakulteti stajyor-o‘qituvchisi Dildora Jo‘raeva talabalari bilan Milliy gvardiya Namangan viloyat boshqarmasiga harbiy qismida bo‘ldi

Energetika va mehnat muhofazasi fakulьteti stajyor-o‘qituvchisi Dildora Jo‘raeva talabalari bilan Milliy gvardiya Namangan viloyat boshqarmasiga harbiy qismida bo‘ldi Bu erda 1 oktyabrь — O‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlab “Ustozlar doim e’zozimizda” mavzusidagi ma’naviyat va ma’rifat soati o‘tildi.

Shundan so‘ng Namangan muhandislik-qurilish instituti faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi. Tadbir yakunida harbiy qismda ko‘p yillar faoliyat yuritgan ustoz xizmatchilardan Umid Avezov, Akmal Jumaboev va  Botirjon Yo‘ldoshev ustozlar bayrami bilan samimiy qutlandi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kelgusida institut va Milliy gvardiya Namangan viloyat boshqarmasi bilan bu kabi tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish va doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.

  • Share :