• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI faol talabalari qo‘llab-quvvatlandi

Namangan shahridagi Bobur nomli bog‘da «Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz — Vatan uchun!» shiori ostida «Talabalar shousi» konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

  Tadbir davomida oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo‘lgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Namangan muhandislik-qurilish institutining 20 nafar talabasiga jami 53 483 035   so‘m miqdoridagi mablag‘ ajratilgani e'lon qilindi. 

Ushbu mablag‘ ajratilganini tasdiqlovchi sertifikatni institut yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Dadaxon Dadaboyev qabul qilib oldi.

  • Share :