• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi”da ishtirok etmoqda

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida to‘qimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari, elektr energetikasi, elektrotexnika, oziq-ovqat va mebelsozlik sanoati sohalari uchun “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirda viloyat hokimligi, Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar viloyat  boshqarmasi, respublika, viloyatdagi korxona va tashkilotlar mas'ullari ishtirok etmoqda.

Tadbirda ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzaev boshchiligida institut jamoasi alohida stend bilan ishtirok etmoqda. Ushbu ko‘rgazmada namoyish etilayotgan oliy o‘quv yurti haqidagi lavhalar, loyihalar va uskunalar mehmonlar hamda ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ma'lumot uchun, yarmarka 15 sentyabr kuni yakuniga yetadi.

  • Share :