• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi

Dastlab Xitoyning Vuxan texnoligiyalar universitetida malaka oshirib qaytgan institut tadqiqotchilarining hisobotlari tinglandi.

Shundan so‘ng institutda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari, raqamli texnologiyalar joriy etilishi, xotin-qizlar kengashlari faoliyati, talabalar o‘rtasida ta'lim sifati bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari kabi masalalar ko‘rib chiqildi. O‘quv adabiyotlari, monografiyalar, loyihalarni tavsiya etish, dissertasiya mavzularini tasdiqlash masalalari muhokama etildi.

Ilmiy kengash ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi.

NamMQI media markazi

  • Share :