• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI jamoasi “Ayiq” spektaklining premyerasida ishtirok etdi

Alisher Navoiy nomli viloyat teatrida buyuk rus adibi Anton Chexov asari asosida sahnalashtirilgan “Ayiq”  spektaklining prem'erasi bo‘lib o‘tdi.

Namangan muhandislik-qurilish instituti jamoasi ushbu prem'eraning ilk tomoshabinlaridan bo‘ldi.

Spektakl boshida mazkur asar haqida qisqacha ma'lumot berilib, o‘ziga xos taqdimot o‘tkazildi.

Shundan so‘ng spektakl namoyishi boshlandi. Teatr aktyorlari tomonidan mohirona ijro etilgan mazkur komediya institut professor-o‘qituvchilari va talabalarga birdek manzur bo‘ldi.

NamMQI media markazi

  • Share :