• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI kasaba uyushmalari qo‘mitasi sovrini g‘oliblari taqdirlandi

Namangan muhandislik-qurilish instituti majlislar zalida kasaba uyushmalari qo‘mitasi sovrini uchun shaxmat va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, institut kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Marosimda shaxmat bo‘yicha turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan professorlar Sharofiddin Yo‘ldashev, Akramjon Umrzaqov va  Alisher Alinazarov hamda stol tennisi bo‘yicha musobaqada shohsupadan o‘rin olgan A'zamjon Satimov, Baxtiyor Mullaboev va  Oybek Ahmedov e'tirof etildi.

Ularga diplom va tegishli ravishda 1,5 mln, 1 mln va 500 ming so‘mlik pul mukofotlari topshirildi. 

NamMQI media markazi

  • Share :