• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI matbuot kotibi respublika tanlovi g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 15 oktyabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan qishloq ayollarini qadrlash, turmush darajasini oshirish, mashaqqatli mehnatlarini e'tirof etish, ularning hayoti va faoliyatini  muntazam yoritish bilan shug‘ullanib kelayotgan OAV, jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida tanlov e'lon qilgandi.

Kuni-kecha Toshkentdagi milliy matbuot markazida ushbu tanlov yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi va unda tanlov g‘oliblari e'lon qilindi. Quvonchli tomoni, ular safida Namangan muhandislik-qurilish instituti matbuot kotibi Azizbek Abduvaliev ham bor.

Vakilimiz internet-jurnalistika yo‘nalishida g‘olib deb topildi va tanlov tashkilotchilarining diplomi hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi. 

Tabriklaymiz!

  • Share :