• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI media markazi xodimlari e'tirof etildi

Namangan muhandislik-qurilish institutida 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut rektori Sharifjon Ergashev ochib berib, institut axborot xizmati xodimlarini kasb bayrami bilan qutladi.

Rektor NamMQI media markazi Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan respublikadagi faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan 15 ta OTM, o‘zining media markaziga ega 5 ta OTM axborot xizmati qatorida qayd etilganini alohida e'tirof etdi. Axborot xizmati xodimlari xodimlari sana munosabati bilan moddiy rag‘batlantirilishi ham ko‘zda tutilganini ma'lum qildi.
 
Institut matbuot kotibi Azizbek Abduvaliyev e'tirof va e'tibor uchun minnatdorlik bildirdi va media markaz institut faoliyatini keng targ‘ib etishdagi sa'y-harakatlarni aslo susaytirmasligini ta'kidladi.

  • Share :