• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI mutasaddilari Belarus milliy texnika universiteti vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Belarus milliy texnika universiteti marketing, menedjment va tadbirkorlik fakultet dekani, iktisod fanlari doktori, professor Anatoliy Danilchenko hamda ushbu universitet Iqtisod va boshqaruv kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Natalya Ponomaryova NamMQIga keldi. 

Mehmonlarni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov va magistratura bo‘limi boshlig‘i Nabijon Boyboboev qarshi oldi. Bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, jumladan, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, hamkorlikda ilmiy loyihalar amalga oshirish, darslik va qo‘llanmalar tayyorlash haqida kelishib olindi. 

Shuningdek, qo‘shma talim dasturi bo‘yicha yangi yo‘nalishlarda magistrlar tayyorlashni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :