• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI mutasaddilari institutga ingliz tilidan saboq berish uchun kelgan amerikalik mutaxassis bilan uchrashdi

NamMQI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Islomjon Ergashev institut huzuridagi akademik litseyda Fulbright dasturi doirasida tashrif buyurgan amerikalik mutaxassis Kolton Povaski va uning hamrohlari bilan uchrashdi. 

Kolton Povaski 2023 yilning may oyida Mayami universitetini Rossiya, Sharqiy yevropa va yevroosiyo tadqiqotlari yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan. U Fulbright dasturi tomonidan berilgan ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha yordamchi (ETA) dasturi doirasida Namangan shahriga keldi. 

U Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda institut qoshidagi akademik litseyda talaba va o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatish bilan shug‘ullanadi. NamMQI mutasaddilari Koltonga Namangandagi faoliyati muvaffaqiyatli kechishini tilab, u bilan o‘zaro muloqotda bo‘lishdi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :