• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI mutasaddilari Namangan tumanidagi maktablar rahbarlari va bitiruvchilari bilan uchrashdi

Tuman hokimligida boʻlib oʻtgan tadbirda institut haqidagi roliklar namoyish etildi, bukletlar taqdim etildi. Tadbirni tuman hokimi Sadriddin Moʻminov va institut rektori Sharifjon Ergashev ochib berdi.

Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov taqdimoti davomida institut salohiyati, reytinglardagi oʻrni, fakultet va yoʻnalishlar haqida tushunchalar berdi.

Energetika va mehnat muhofazasi fakulteti dekani Rustamjon Soliyev tuman bitiruvchilarining institutga kirish natijalarini tahlil qildi, bu yilgi imtihonlarda roʻy berishi kutilayotgan oʻzgarishlarga toʻxtaldi.

Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari Diyorbek Soataliyev, Shahzoda Gʻulomjonova, Ahmadjon Muxtorjonov va Husniobod Valijonova yoshlarga institutda erishgan natija va yutuqlari haqida hikoya qildi.

Shundan soʻng navbat maktab rahbarlari, psixologlari va bitiruvchilari bilan qizgʻin muloqot boʻlib oʻtdi.

NamMQI media markazi

  • Share :