• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI oliy ta'lim muassasalari milliy reytingida salmoqli siljishga erishdi

Vazirlar mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021 yil yakunlari bo‘yicha milliy reyting e'lon qilindi.     Milliy reyting doirasida bitiruvchilari mavjud 92 ta (69 ta OTM, 23 ta filial) oliy ta'lim muassasalarining faoliyati samaradorligiga ilmiy-tadqiqot faoliyati va ta'lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi, o‘quv-metodik ishlar faoliyati va o‘qitish sifati, talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati hamda sportni rivojlantirish kabi 4 ta yo‘nalishda 20 ta indikator asosida baho berildi.     Namangan muhandislik-qurilish instituti milliy reytingda 7 pog‘ona yuqorilab, 35-o‘rinni, texnika, texnologiya, qurilish va qishloq xo‘jaligi OTMlarining reytingida esa 14-o‘rinni egalladi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :