• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI professor-oʻqituvchilarining katta guruhi Janubiy Qozogʻiston universitetida boʻlib turibdi

Mashinasozlik fakulteti dekani Rahmatali Rustamov boshchiligidagi institut professor-oʻqituvchilaridan bir guruhi top-1000 talikdan oʻrin olgan Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetida boʻlib turibdi.

Vakillarimiz mazkur universitet rahbariyati bilan oʻzaro ilmiy loyihalar yuzasidan muzokaralar olib bordi va qozogʻistonlik talabalarga maʼruzalar oʻqidi.

Shuningdek, 16 nafar professor-oʻqituvchi qozogʻistonlik hamkasblari bilan yaqin muloqotda boʻlib, malakalarini ham oshirmoqda.

  • Share :