• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI rektori institut magistrlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Muloqot davomida himoya ishlarining borishi, xorijiy tillarni egallaganlik sertifikatlarini qo‘lga kiritish va boshqa jarayonlar muhokama qilindi.

Magistrlarning tahsilni chet elda davom ettirish, ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tash, laboratoriyalardan foydalanish, zamonaviy maxsus uskunalarni olib kelish yuzasidan savollariga batafsil javob berildi.

Rektor magistraturadagi saboq bilan bog‘liq har qanday murojaatlarga kelgusi muloqotlar, shaxsiy qabul va ijtimoiy tarmoqlardan savol yo‘llash orqali aniqlik kiritish mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tdi.

NamMQI media markazi

  • Share :