• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI rektori Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan xonadonbay tizimida uchrashdi

NamMQI rektori Sharifjon Ergashev Yangiqo‘rg‘on tumani, Rovut mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan xonadonbay tizimida uchrashdi.

Institut rektori boshchiligida ishchi guruh a'zolari tomonidan belgilangan hududlar mahalla mas'ullari bilan hamkorlikda  yoshlar va ularning ota-onalari bilan alohida suhbatlashib, ularning ijtimoiy holati, muammolari va qiziqishlari o‘rganildi.

Nogironligi bor yoshlardan Shahlo G‘ulomova bilan alohida suhbatlashildi. Suhbat davomida uning 2021-2022 o‘quv yilida Namangan davlat universiteti boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishiga o‘qishga topshirganligi va kira olmaganligini ma'lum bo‘ldi. U hozirda qo‘shimcha o‘quv kurslariga ehtiyoji borligini ta'kidladi. Institut rektori tomonidan mas'ullarga ona tili va adabiyot hamda matematematika fanlaridan bepul kurslarga jalb etish vazifasi yuklatildi.

NamMQI media markazi

  • Share :